Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: Kiyevdagi Patriot tizimi o‘z ishini davom ettirmoqda
16 may kuni Kiyevga raketa hujumi paytida Ukrainaga topshirilgan Patriot zenit-raketa majmuasi shikastlangan, biroq o‘z ishini davom ettirmoqda, dedi AFP'ga AQSh Mudofaa vazirligi vakili.
Foto: Getty Images
Uning qo‘shimcha qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimiga “tushgan snaryad” tufayli yetkazilgan zarar hali ham o‘rganilmoqda. Amerika rasmiysi aynan qanday snaryad ekanligini aniqlashtirmadi.
Avvalroq, Ukraina Harbiy-havo kuchlari vakili Yuriy Ignat AFP'ga bergan izohida Patriot tizimi “ishlayotgani” va u bilan “hammasi yaxshi” ekanini ta’kidlagan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevdagi Patriot "Kinjal" gipertovushli raketasi tomonidan berilgan “yuqori aniqlikdagi zarba” natijasida yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi.
Bungacha Ukraina Qurolli kuchlari Ukraina havo hujumidan mudofaa vositalari kechasi Kiyevga otilgan barcha 18 ta raketani, shu jumladan oltita "Kinjal"ni urib tushirgani haqida xabar bergan edi.
Ukraina 4 mayga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Kiyev viloyatiga hujum chog‘ida Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchirilgan "Kinjal" gipertovushli raketasini urib tushirganini rasman e’lon qilgandi.
Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Nikolay Oleshchukning so‘zlariga ko‘ra, raketa Amerikaning Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi yordamida yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
16:47 / 16.04.2026
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar
16:09 / 19.03.2026