Jahon | 07:54 / 18.05.2023
7563
2 daqiqa o‘qiladi

Prigojin "VDV"ning Baxmutdagi manyovrini dushmandan qochish deb atadi

"Vagner" XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning aytishicha, uning jangchilari Baxmutda “yana 260 metr” ilgarilab ketgan. 

Videodan kadr

Uning so‘zlariga ko‘ra, “dushman qattiq qarshilik ko‘rsatmoqda, har bir uy, har bir kirish joyi, har bir kvadrat metr uchun janglar davom etmoqda” – garchi Ukraina Qurolli kuchlari shaharning bor-yo‘g‘i “bir-ikki foiz hududini” egallagan bo‘lsa ham.

Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligining “dushman uchun qulay chiziq”ni egallab olgan havo-desant qo‘shinlari ("VDV") bo‘linmalarining noto‘g‘ri qarorlari tufayli Ukraina pozitsiyalarini o‘rab olishning iloji yo‘q. 

“Barcha harbiy darsliklarga yozib qo‘yiladigan ushbu yangi strategik manyovr “dushmandan bir zumda, qat’iy qochish” deb nomlanadi”, — dedi Prigojin Telegram’dagi audiomurojaatida g‘azab bilan.

"Vagner" XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmutdagi qiyin vaziyat va Ukrainaning kutilayotgan qarshi hujumi haqidagi xabarlar fonida Kreml va Rossiya Mudofaa vazirligini faol tanqid qilmoqda. 

Avvalroq, Prigojin o‘z ayblovlarida "hammasi yaxshi deb o‘ylayotgan", ammo "ahmoq" bo‘lib chiqishi mumkin bo‘lgan "baxtli chol" haqida aytib o‘tgandi. U aynan kimni nazarda tutganini ochiqlamagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid