Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga yangi hokim o‘rinbosari tayinlandi.
Xalq deputatlar Toshkent shahar kengashining qaroriga ko‘ra, poytaxt hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Alimardon Qarshiyev lavozimidan ozod etildi.
Abdulvosid Homidjonov Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Alimardon Qarshiyev 2019 yil may oyida Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
17:14 / 17.07.2026
Chilonzor tumanini elektr uzilishlari qamrab oldi
11:40 / 17.07.2026
Toshkent – Bekobod qatnoviga zamonaviy elektropoyezd chiqariladi
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
20:43 / 16.07.2026