Respublikachilar AQShning SHQ-3dan chiqib ketishini taklif qildi
Bir guruh respublikachi senatorlarga ko‘ra, Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnoma “Rossiya va Xitoyni kuchliroq, Amerikani esa zaifroq qilgan”. Ular mamlakat yadroviy kuchlarini kuchaytirishga chaqirmoqda.
10 nafar respublikachi senatorlar guruhi AQSh Kongressiga mamlakatni strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomadan (SHQ-3, New START nomi bilan ham tanilgan) chiqish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda 18 may, payshanba kuni Senatning xalqaro aloqalar qo‘mitasi saytida e’lon qilingan xabarda aytiladi.
"AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya va Xitoyni kuchliroq, Amerikani esa zaiflashtirgan bu shartnomani uzaytirmasligi kerak edi. Biz shartnomadan chiqib, yadroviy kuchlarimizni kuchaytirishimiz kerak", - deydi hujjat mualliflaridan biri, Senatda Arkanzas shtati vakili Tom Kotton.
Xuddi shunday nuqtayi nazarni qonun loyihasining hammuallifi, Aydaxo shtati senatori Jim Rish ham bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden ma’muriyatining Rossiya bilan SHQ-3 shartnomasini uzaytirish qarori AQShni “kishanlab qo‘ygan”. "Amerika va uning ittifoqchilari xavfsizligini ta’minlay olmadi, Xitoyga hayratlanarli darajada strategik yadroviy qurol tizimlarini to‘plash imkonini berdi va Rossiyaga Ukrainaga qarshi o‘zining yirik taktik yadro qurollari arsenali bilan tahdid solishga yo‘l ochdi", dedi u.
"Yangi SHK shartnomasiga - yo‘q" (No START Treaty Act) deb nomlangan qonun loyihasida aytilishicha, Rossiya kelishuv qoidalarini "aniq darajada buzmoqda". Hujjat mualliflari AQShning shartnomadan chiqishi bilan bir qatorda, mamlakat yadroviy kuchlarini mustahkamlash, shuningdek, yadroviy cheklashning hozirgi holatini baholash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishni taklif qilmoqda.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024