O‘zbekiston | 08:52 / 20.05.2023
8761
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xalq banki va MasterCard o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Foto: Xalq banki

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 32 yillik yig‘ilishi doirasida Xalq banki MasterCard xalqaro to‘lov tizimi kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladi.

Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan mazkur hujjat Xalq banki tomonidan O‘zbekistonda MasterCard kartalarini chiqarish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishga xizmat qiladi.

Hamkorlik doirasida MasterCard turli ekspert va trening dasturlari orqali bank xodimlarining to‘lov tizimlari bilan ishlash, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha malaka va tajribasini oshirishda ko‘mak beradi.

Xavfsiz ma’lumotlar va tarmoqlardan foydalangan holda Mastercard innovatsiyalari va yechimlari jismoniy shaxslar, moliya tashkilotlari, davlat idoralari va korxonalariga o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishda yordam beradi.

Mastercard haqida

Mastercard – to‘lovlar sohasida global texnologik kompaniya. Tranzaksiyalarni xavfsiz, sodda, aqlli va arzon qilish orqali hamma uchun hamma joyda foydali bo‘lgan inklyuziv raqamli iqtisodiyotni shakllantirish hamda rivojlantirish kompaniyaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 

www.mastercard.com

Xalq banki haqida

O‘zbekistonning birinchi banklaridan biri bo‘lgan Xalq banki moliya bozorida 1875 yil 10 maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo‘lib, ular geografik qamrovi bo‘yicha mamlakat moliya bozorida yetakchilardan biri hisoblanadi. Moliya muassasasi O‘zbekiston bo‘ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste’molchilariga xizmat ko‘rsatadi.

www.xb.uz

Aloqa markazi: 71 2102002 | 1106

Reklama

Mavzuga oid