Qozoğiston Rossiyaga mahsulot yetkazib berişning asosiy yönalişiga aylandi: sxema qanday işlayapti?
|22:57 / 21.05.202333 72720 min
Ğarb sanksiyalari Rossiya qurolli kuçlariga mahsulot yetkazişga xalaqit berişga qaratilgan, lekin nozik elektronika baribir ruslarga yetib bormoqda. Jurnalistlar Qozoğiston orqali yetkazib beriş zanjirlarining bir neçtasini kuzatişdi va ular ruslar tomonidan tuzilgan yangi kompaniyalar orqali ötayotganini aniqlaşdi.
Jurnalistik suriştiruv korrupsiya va uyuşgan jinoyatçilikni tadqiq etiş markazi (Organised Crime and Corruption Reporting Project) — OCCRP saytida e’lon qilindi.
Suriştiruvning asosiy xulosalari
Savdo statistikasi 2022 yil avvalida Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosdagi bosqinidan söng Qozoğistonga dronlar va mikroelektronika importi hajmi ösganini körsatmoqda. Qozoğistondan Rossiyaga dronlar va mikroelektronika eksporti ham sezilarli tarzda ösgan.
Uruşdan keyin ruslar tomonidan tuzilgan Qozoğiston kompaniyalaridan bu import uçun vositaçi sifatida foydalanilmoqda.
«Aspan Arba» («Samoviy arava») nomi ostida röyxatdan ötgan kompaniya dronlarni import qilib, ularni Rossiyadagi «Nebesnaya mexanika» kompaniyasiga eksport qilgan, u esa öz navbatida dronlarni harbiy taşkilotlarga sotgan. Bu ikki kompaniyaning egasi bitta.
Rus er-xotinga tegişli nemis kompaniyasi mikroçiplarni uruş boşlanganidan köp ötmasdan ularning öğli nomiga oçilgan Qozoğiston kompaniyasiga jönatib turgan. Öğil çiplarni Rossiyaga jönatgan.
* * *
Ha, dronlar Rossiya – Ukraina uruşida keng foydalaniladigan qurolga aylandi. Tadqiqotçilardan biri tomonidan tuzilgan ma’lumotlar bazasi Rossiya qöşinlari tomonidan pilotsiz uçar qurilmalardan foydalanişning önlab misollariga ega. Ularning aksariyati erkin savdoda bölgan yengil modellar bölib, razedka, artilleriya qurollari möljalini aniqlab beriş, propaganda roliklari işlaşda foydalaniladi. Ularning köpçiligi xorijda işlab çiqarilgan.
2022 yilning oktyabrida Kiyev markazida pilotsiz uçar qurilma zarbasidan ziyon körgan uy.
Foto: Zuma Press/Alamy Stock Photo
Nazariy jihatdan Rossiyaga pilotsiz uçar qurilmalar importi Ğarb sanksiyalari bilan yopilgan bölişi kerak edi. Biroq, amalda unga ega böliş imkoniyatlari oçiqligiça qolmoqda. Bu nafaqat dronlarga taalluqli. Raketalardan tortib, minasizlaştiriş uçun foydalaniladigan robotlarda işlatiladigan takomillaşgan mikroçiplar ham Rossiyaga xorijdan kirib kelişda davom etmoqda.
Mavzuga oid
Jurnalistlarning aniqlaşiça, qator holatlarda uruşgaça şunday qurilmalar savdosi bilan şuğullangan Rossiya fuqarolari yangi kompaniyalar oçişgan va ular yetkazib beriş zanjirining bir qismiga aylangan.
Yetkazib beriş yönalişi ham Rossiya, ham Ğarb davlatlari bilan yaxşi munosabatlarni saqlab qolişga tirişayotgan Qozoğiston orqali ötayotgani ma’lum böldi.
Rossiya askari pilotsiz uçar qurilmaga granata örnatyapti.
Foto: ZGorokhoV/Telegram
Qozoğiston «Rossiyaning sanksiyalarga çap berişga bölgan barça imkoniyatlaridan qoçişga harakat qilmoqda», degan edi mamlakat taşqi işlar vaziri fevral oyida AQŞ davlat kotibi bilan matbuot anjumanida. Lekin u bu «juda qiyin» ekanini ham ta’kidlab ötgan edi, çunki Qozoğiston va Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi hisoblanadi va mamlakatlar örtasidagi savdo-sotiq bojxona nazoratidan ötkazilmaydi.
Çindan ham, Qozoğistonning savdo-sotiği haqidagi ma’lumotlari Rossiyaga pilotsiz uçar qurilmalarni yetkazib beriş uçun oraliq davlat sifatida foydalanilayotganidan dalolat berib turibdi.
2021 yilda, Rossiya Ukrainaga keng miqyosdagi bosqin uyuştirişidan avval Qozoğistonga dronlar şu qadar kam olib kirilganki, ular import-eksport töğrisidagi rasmiy hujjatlarda ham aks etmagan. Biroq, 2022 yilda mamlakat 5 mln dollarlik dronlar import (deyarli barçasi Xitoydan) qilib, Rossiyaga 1,23 mln dollarlik dronlar eksport qilgan.
Mikroçiplar importi ham keskin oşgan: rasmiy statistikaga köra 2021 yilda Qozoğistonga 35 mln dollarlik tarkibiy qismlar olib kirilgan, bu raqam sönggi yillarda mö’tadil ravişda oşib kelgan. 2022 yilda esa import ikki barobardan ziyodga ösgan va 75 mln dollardan oşib ketgan.
Bir vaqtning özida Qozoğistondan Rossiyaga mikroçiplar eksporti arzimagan 245 ming dollardan 18 mln dollargaça — 70 barobarga ösgan.
Bu xulosalar Rossiya sanksiya çeklovlarini osongina aylanib ötayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqlaydi: Rossiyaning «Orlan» pilotsiz uçar qurilmalari işlab çiqaruvçi kompaniya ham, «Rostex» sanoat konglomerati ham ğarbda işlab çiqarilgan tarkibiy qismlarni muvaffaqiyatli import qilmoqda.
Eksport nazorati böyiça mutaxassis Erik Vudsga köra, «sanksiyalarning ta’siri hamma bu yölda birlaşa olişiga ham boğliq».
«Barça kompaniyalar kim bilan biznes olib borayotganiga e’tibor qaratişi, ayniqsa sanksiyalarga çap beruvçi markazlar bilan işlaşda huşyorroq turişlari lozim. Şu sababli ikkilamçi sanksiyalar ham mavjud, biz bir hukumat boşqa hukumatlarga bosim qilib, ular tomonidan joriy etilgan sanksiya rejimining bir qismi bölişga majburlayotganining guvohi ham bölmoqdamiz. Huquqni qöllaşni kuçaytiriş talablarga rioya etişni tartibga soluvçi yaxşi signal böla oladi», — degan Vuds.
Biroq, Qozoğiston kabi davlatlar özining qudratli qöşnisi bilan dunyodagi eng uzun umumiy çegara va uzoq tarixga egaligi tufayli harakat uçun imkoniyatlari çeklangan ekaniga guvoh bölişi mumkin.
«Rossiya Qozoğistonni majburlay oladi. Işonçim komilki, Qozoğiston hukumatida bölib yotgan işlardan norozi köplab yoşlar bor. Lekin ular istaşsa ham qöllaridan heç narsa kelmaydi», — degan Vuds.
RF prezidenti Vladimir Putin Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev bilan uçraşmoqda. 2019 yilning apreli.
Foto: kremlin.ru
Vudsga köra, garçi yirik kompaniyalar sanksiyalardan çöçişsa ham, vositaçi sifatida öz örnini topgan mayda operatorlar uzoq AQŞdan keladigan jazo haqida mutlaqo öylaşmaydi.
«Agar Qozoğiston kompaniyasi AQŞ bilan birga iş olib bormasa, rossiyaliklarni aldab, ular istagan biror narsani uç barobar qimmatroqka ötkaziş orqali millionlab dollar işlab topiş mumkin bölsa — bu biznes», — degan Vuds.
Vudsga köra, alaloqibatda bu «kiçik odamçalar»ning millionlari uruş Putin foydasiga hal bölişida ahamiyat kasb etmaydi, lekin ularning soni şu qadar köpki, Rossiyada şunday qila olamiz, degan taassurot paydo bölişi mumkin.
«Toki ular şunday qila olamiz, deb turar ekan, uruş davom etaveradi. Uruş qaçonki Rossiyaning patronlari tugasa yakunlanadi», — degan u.
«Nebesnaya mexanika»
Garçi uruşda foydalanilayotgan pilotsiz uçar qurilmalarning ayrimlari buyurtma asosida tayyorlanayotgan yoki maxsus harbiy modellar bölsa-da, ham Rossiya, ham Ukraina köproq tayyor iste’mol modellaridan foydalanib kelmoqda.
Ularning aksariyati Xitoyning yetakçi DJI kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan. Uruşda har ikki tomonning dronlardan foydalanişi böyiça ma’lumotlar bazasini yaratgan mutaxassis Feyn Grinvud u aniqlaşga muvaffaq bölgan dronlarning 59 foizi DJI mahsulotlari ekanini ta’kidlagan. Aynan şu kompaniyaning dronlari uçun Rossiya Telegram-kanallari frontga yordam qiliş maqsadida muntazam pul yiğib turişadi.
DJI öz dronlari harbiy maqsadlarda yaratilmaganini qat’iy ta’kidlab çiqdi, şuningdek, ötgan yil aprel oyida uning mahsulotlari na Rossiyaga, na Ukrainga sotilayotganini aytdi.
Ötgan oyda AQŞ DJI’ning Dubayda joylaşgan distribyutoriga mahsulotlarini Rossiyaga sotganlik uçun sanksiya joriy etganida, DJI tezda «ortiq mualliflik dileri emasligi» haqida bayonot berib, boşqa yurisdiksiya sanksiyalarini buzmayotganini kafolatlovçi şaffof dalolatnomalari borligini ham qöşimça qilgan.
Nima bölganda ham, DJI dronlari hamon Rossiyaga yetkazilmoqda va jang maydonlarida paydo bölmoqda.
DJI droni.
Foto: Viktor Karasev / Alamy Stock Photo
Yetkazib beruvçilar orasida Moskvadagi «Nebesnaya mexanika» kompaniyasi ham bor. Inglizça nomi «Sky Mechanics» bölgan firma «SKYMEC» savdo belgisidan ham foydalanadi va özini «Rossiyadagi DJI markali dronlarning yetakçi distribyutori va yeçimlari integratori» sifatida taqdim etadi.
Kompaniya saytining «hamkorlari va mijozlari» bölimida yetakçi neft va konçilik kompaniyalari, mobil aloqa operatorlari, davlat kompaniyalari, jumladan RJD temiryöl kompaniyasi, FVV va IVV körsatilgan.
Biroq, «Nebesnaya mexanika»ning jurnalistlar izlab topgan tranzaksiyalari yozuvi kompaniya DJI dronlarini Ukrainadagi uruşni yoqlab kelayotgan turli harbiy notijorat kompaniyalariga ham sotganidan dalolat berib turibdi.
Ulardan biri — «Xalq fronti: hammasi ğalaba uçun» taşkiloti bölib, Rossiya harbiy qismlarini ta’minlaş uçun xayriya mablağlari yiğiş bilan şuğullanadi.
Ayni vaqtda uşbu guruh uruş tarğibotçisi Vladimir Solovyov tomonidan ilgari surilgan «Uçaqolinglar, birodarlar» nomi ostida mablağ töplaş kompaniyasini olib bormoqda. Yiğilgan pullarga Ukrainaning Donetsk va Luhansk oblastlarining Rossiya okkupatsiyasi ostidagi hududlarida jang olib borayotgan jangarilarga dronlar xarid qilinadi. Ötgan yil avgustida Solovyov 300 ta dron xarid qilinganini yozgan edi.
Bu yil «Xalq fronti» dron sotib olişda davom etmoqda: fevral oyida taşkilot birgina «Nebesnaya mexkanika»ning özidan 799 ming rublga dron sotib olgan. Kompaniya öz saytida xuddi şu narxga DJI Mavic 2 Enterprise Advanced dronini reklama qilmoqda.
Jurnalistlar umumiy hisobda «Nebesnaya mexanika»dan dron sotib oliş uçun 15 mln rubldan ziyod mablağ sarflagan yana uçta notijorat taşkilotlarni topişgan.
«Nebesnaya mexanika» dronlarni qayerdan olyapti?
Jurnalistlar axtarib topgan Rossiya bojxonasi ma’lumotlari manbalaridan kamida bittasi Qozoğistonda ekanini körsatmoqda. 2022 yilda u Qozoğistonning «Aspan Arba» kompaniyasidan 500 ta dron import qilgan.
Bu kompaniya 2022 yil aprelida, uruş boşlanganidan ikki oy ötib tuzilgan. Qozoğistonning «Metalmayninginfo» axborot agentligi xabariga köra, u DJI dronlarining Qozoğistondagi rasmiy dileri bölib, foydali qazilmalar qazib oliş, quriliş, avariya-qutqaruv va qişloq xöjaligi işlari uçun dronlar yetkazib beradi.
Lekin «Aspan Arba» va Rossiyaning «Nebesnaya mexanika» firmalari bitta odam tomonidan boşqarilişiga işora qiluvçi köplab faktlar bor.
Har ikki kompaniya öz egasi sifatida Ilya Golbern degan insonni körsatgan. Qozoğiston kompaniyasining direktori Mixail Sapojnikov Golberg bilan birga «Nebesnaya mexanika» hammuassisi bölgan. «Aspan Arba» saytida körsatilgan telefon raqami esa bir vaqtning özida «Nebesnaya mexanika» xodimiga ham tegişli.
Dronlarni Qozoğistonga olib kiriş uçun çeklovlar yöqligi sababli, «Aspan Arba» bemalol bu iş bilan şuğullangan.
Qozoğiston raqamli rivojlaniş vazirligi ma’lumotlariga köra, Xitoy kompaniyasining Niderlandiyadagi DJI Europe BV şu’ba korxonasidan 45 mln dollarlik 18 mingta DJI dronlari olib kirişga litsenziya olgan.
Dronlarni Xitoy va Yevropadan Qozoğiston orqali Rossiyaga yetkaziş sxemasi.
Foto: Jyeyms ÖBrayyen / OCCRP.
«Nebesnaya mexanika» va «Aspan Arba» egasi Golberg bu voqeani jurnalistlarga izohlaşdan boş tortdi. DJI vakili esa jurnalistlarga Xitoy kompaniyasi va uning şu’ba korxonalari «2022 yilning aprelidan boşlab Rossiya va Ukrainaga barça yetkazib berişlar va operatsiyalarni ixtiyoriy ravişda töxtatgani»ni ta’kidlagan.
«Biz bu ikki davlatdagi va boşqa joylardagi distribyutorlik tarmoqlarimizni bu ikki davlatdagi mijozlarga har qanday mahsulot va ehtiyot qismlarni yakuniy foydalaniş maqsadidan qat’i nazar bloklaş lozimligi töğrisida ogohlantirdik, — deb yozgan kompaniya. — Biz bu holni aks ettiriş uçun sotuv siyosatimizni tegişli tarzda yangiladik. Bizning dalolatnomalarimiz AQŞ yoki boşqa yurisdiksiya sanksiyalari buzilmayotganini kafolatlaydi».
DJI vakili «Aspan Arba» bilan «hamkorlik» 2022 yil mayida boşlangani va 2023 yilda qayta tiklanmaganini ta’kidlab ötgan.
Oilaviy biznes
Moskva markazidagi kvartiralardan birida röyxatdan ötgan va elektron tarkibiy qismlar bilan savdo qiluvçi «Stek» özini «yoş, muvaffaqiyatli ravnaq topayotgan kompaniya» sifatida ta’riflaydi.
Rossiya bojxona xizmati ma’lumotlariga köra, 2022 va 2023 yillarda firma Qozoğistondan mikrosxemalar, diodlar, tranzistorlar va jami 4,2 mln dollarlik boşqa tovarlar import qilgan.
Bojxona ma’lumotlari bu tovarlar kim tomonidan işlab çiqarilganini akslantirmagan, biroq mahsulotlar Hongkong, Germaniya, Niderlandiya va Singapurda işlab çiqarilgani ma’lum.
«Stek» mahsulotlari xaridorlari esa, saytida yozilişiça, radiotizimlari işlab çiqaruvçi, «Roskosmos» tarkibidagi MEI maxsus konstruktorlik byurosi, Moskva projyektor zavodi — u Rossiya raketa va zenit-raketa komplekslari uçun quvvatlaş manbayi işlab çiqaradi.
Jurnalistlar tomonidan izlab topilgan «Stek» tranzaksiyalar yozuvlariga köra, kompaniyaning 2022 yilgi savdosining katta qismi «Set-1» degan kompaniya bilan amalga oşirilgan.
«Set-1» sayti ayni damda işlamayapti, lekin uning arxiv versiyasida kompaniya Rossiya harbiylari va huquqni muhofaza qiluvçi organlari uçun «maxsus texnika yaratiş va işlab çiqiş», jumladan masofadan turib boşqariluvçi «Sfera» va «Skarabey» robotlarini yasaş bilan şuğullanişi bayon qilingan. Rossiya harbiylari kompaniyaning mahsulotlaridan Suriyada foydalangan, endi esa Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarini minalardan tozalaş böyiça operatsiyalarda foydalanmoqda.
2022 yilda «Set-1» Rossiya taşqi razvedka xizmati, FXX hamda Ukraina şarqida özini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasidagi rus qöğirçoq mansabdorlari uçun elektron uskunalar örnatgan.
«Stek»ning boş direktori va egasi Ilya Silnitskiy jurnalistlarning savollariga javob qaytarmadi. «Set-1» egasi Sergey Yefremenkov ham savollarni javobsiz qoldirgan.
Jurnalistlar esa «Stek» Qozoğistondan import qilib savdoga çiqargan ayrim tarkibiy qismlar qayerdan kelib qolganini topa olişdi.
Bojxona ma’lumotlariga köra, şu yilning yanvarida «Stek» 2598 ta mikroçipdan iborat partiyani Qozoğistonning «Da Group 22» kompaniyasidan qabul qilib olgan. Öşa oyning özida «Da Group 22» şu hajmdagi partiyani Germaniyaning Ştutgart şahrida joylaşgan «Elix-St» kompaniyasidan qabul qilib olgan.
Ostona şahrida joylaşgan «Da Group 22» sayti boş sahifasi.
Ma’lum bölişiça, «Da Group 22» ham «Elix-St» ham rossiyalik bir oilaga tegişli ekan.
Nemis kompaniyasi egalari er-xotin Yevgeniy va Yelena Çernet, ötgan yil martida röyxatdan ötgan Qozoğiston kompaniyasi egasi esa ularning öğli ekani gumon qilinayotgan Aleksandr Çernetdir.
Yelena va Yevgeniy Çernet Rossiyada ham elektromagnit tölqinlarni yutuvçi materiallar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan «Eliks-M» kompaniyasiga egalik qilişadi. Ulardan radarlar nişonidan yaşiriniş uçun foydalaniş mumkin. «Eliks-M» mijozlari orasida Rossiyaning bir neça mudofaa kompaniyalari bor.
Germaniyaning savdo ma’lumotlari 2018 yildan 2021 yilgaça, ya’ni Ukrainaga keng miqyosli bosqin boşlanişidan avval Ştutgartdagi «Elix-St» kompaniyasi Qozoğistonga heç narsa eksport qilmagani, biroq Rossiyaga 500 ming dollarlik elektron tarkibiy qismlar sotganini körsatadi.
2022 va 2023 yillarda vaziyat teskari bölgan: «Elix-St» Rossiyaga heç narsa jönatmagan, yuzlab ming dollarga baholanadigan tarkibiy qismlar Qozoğistondagi «Da Group 22»ga jönatilgan.
Jurnalistlar «Elix-St»ning Ştutgartdagi ofisiga borişganida uyda heç kim yöq edi. Qöşnilarining bildirişiça, Yevgeniy va Yelena Kiprda, ularning «öğli» esa katta ehtimol bilan yo Moskvada, yo Qozoğistonda ekan.
Şarh sörab «Elix-St»ni tamsil etuvçi yuridik firmaga murojaat qilinganida, kompaniya çindan ham «Da Group 22»ga elektron tarkibiy qismlar yetkazib berişgani, lekin ular «videoregistratorlar uçun» foydalanilişi nazarda tutilganini aytişgan. Ayrim holatlarda sönggi foydalanuvçidan tarkibiy qismlar belgilangan maqsadlarda işlatilganini tasdiqlovçi sertifikatlar ham borligini aytişgan.
«Elix-St» «Da Group 22» Çernetning öğliga tegişli ekani töğrisidagi axborotni rad etdi. Isbot sifatida Qozoğistonga tegişli, eskirgan korporativ hujjat taqdim etilgan va unda qozoqça familiyaga ega inson muassis sifatida körsatilgan. Biroq mavjud joriy ma’lumotlar kompaniya direktori va egasi Aleksandr Çernet ismli inson ekanini körsatib turibdi.
Yana bir holatda jurnalistlar Rossiyaning nomi bir xil bölgan ikkita kompaniyasiga duç kelişgan. Ular Qozoğistondan elektron tarkibiy qismlarni mudofaa sanoatiga import qiliş uçun vazifani bölib olişgan.
Moskvadagi «Praym Komponens» nomi ostida savdo qilayotgan «Praym» kompaniyasi özini «professionallar uçun elektron tarkibiy qismlar» manbayi sifatida reklama qiladi.
«Bizning kompaniyamiz faqat tan olingan jahon brendlarining işonçli mahsulotlarini sotadi hamda işonçlilikni milliy va xalqaro sertifikatlar bilan tasdiqlaydi», — deyiladi kompaniya saytida.
Davlat xaridlari töğrisidagi axborotlarni taqdim etuvçi hukumat portali ma’lumotlariga köra, «Praym» davlat mudofaa konglomerati — «Rostex» şafeligi ostida mudofaa korxonalariga tarkibiy qismlar yetkazib bergan. Uning ötgan yilgi asosiy mijozlaridan biri RF mudofaa vazirligi uçun aloqa vositalari işlab çiqaruvçi «Elektropribor» zavodi bölgan.
Ötgan yili «Praym» 100 mln rubl (1,4 mln dollar)dan ortiq summaga Rossiyadagi şu nomdagi «Praym Ek» kompaniyasidan tarkibiy qismlar xarid qilgan. Har ikki kompaniya ofislari bitta binoda joylaşgan, ular umumiy telefon raqamlariga ega.
Bojxona ma’lumotlari «Praym Ek» 2022 va 2023 yillarda Qozoğistondagi noma’lum yetkazib beruvçilardan 3,1 mln dollarlik butlovçi qismlar xarid qilganini körsatadi. Ularning importi tarkibiga Ğarbning Texas Instrumens, Analog Devices va STMicroelectronics kabi işlab çiqaruvçilar mahsulotlari kiradi. Jurnalistlar aniqroq ma’lumot va izoh oliş uçun «Praym» va «Praym Ek» kompaniyalariga boğlana olişmagan.