Jahon | 15:23 / 22.05.2023
9068
2 daqiqa o‘qiladi

Borrel: F-16'da ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash boshlandi

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Ukraina yaqin orada F-16 qiruvchi samolyotlarini olishiga umid bildirdi. 

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari kengashining Bryusseldagi yig‘ilishi oldidan u Kiyevga zamonaviy qiruvchi samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha koalitsiya tuzish qarorini olqishladi va ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash boshlanganini aytdi, deb yozadi «Ukrinform» o‘z muxbiriga tayanib.

AQSh prezidenti Jo Bayden 19 may kuni Yaponiyaning Xiroshima shahrida bo‘lib o‘tgan G7 yetakchilari sammitida Vashington ukrainalik uchuvchilarni AQShda ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitish rejalarini qo‘llab-quvvatlashi haqida ma’lum qildi. 

CNN va AFP ta’kidlashicha, uchuvchilar o‘qitilayotgan vaqtda Ukraina samolyotni qachon qabul qilishi, shuningdek, uni kim va qancha qiruvchi bilan ta’minlashi haqida qarorlar qabul qilinadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning «qiruvchilar koalitsiyasi»ni qo‘llab-quvvatlagani hozircha xabar qilinmagan. Biroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «AQSh va Jo Baydenning tarixiy qarorini» olqishlashini Twitter'da yozdi. 

Vashingtonning koalitsiyani qo‘llab-quvvatlash qarori haqidagi ma’lumotni Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ham tasdiqladi. 

https://www.dw.com/ru/borrel-obucenie-ukrainskih-pilotov-uze-nacalos/a-65692888

Mavzuga oid