Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni ochiqlandi
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Foto: Kun.uz
2023 yilning 1 may holatiga respublikada jami 36 009 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan 1 666 tasi joriy yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 7 139 ta. Undan keyingi o‘rinlardan Toshkent viloyati (3 086 ta) va Farg‘ona viloyati (3 014 ta) joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Qashqadaryo viloyati – 2 970 ta;
- Samarqand viloyati – 2 554 ta;
- Buxoro viloyati – 2 566 ta;
- Surxondaryo viloyati – 2 548 ta;
- Andijon viloyati – 2 378 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1 873 ta;
- Namangan viloyati – 1 779 ta;
- Xorazm viloyati – 1 736 ta;
- Jizzax viloyati – 1 613 ta;
- Navoiy viloyati – 1 533 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1 220 ta.
Mavzuga oid
09:45 / 07.04.2026
O‘zbekistonda “spin-off” korxonalari tashkil etiladi
08:54 / 14.03.2026
Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi
14:43 / 09.03.2026
O‘zbekiston sanoati: qaysi yo‘nalishlarda korxonalar ko‘proq?
12:36 / 19.02.2026