O‘zbekiston | 08:42 / 23.05.2023
3583
1 daqiqa o‘qiladi

Misrdan gepatitga qarshi dorilarning to‘rtinchi turkumi olib kelindi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi dori vositasining to‘rtinchi turkumini Sharm-al-Shayxdan Toshkentga bepul yetkazib berdi, deb xabar bermoqda  «Dunyo».

Foto: Dunyo

Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatning Qohiradagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Ushbu yukning olib kelinishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, virusologiya yo‘nalishida bir-birini o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida ilgari erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasidir.

Umumiy qiymati 34 930 AQSh dollarini tashkil etgan 17 mingdan ortiq dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlar o‘rtasiga taqsimlanadi.

Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi dori vositalarini bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi.

Mavzuga oid