Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kongressi Baydendan Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga berishni so‘radi
Kongressmen Shiff va kongressmen Fitspatrik Baydenni Rossiya aktivlarini Ukrainaga berishga chaqirdi.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zolari – demokrat Adam Shiff va respublikachi Brayan Fitspatrik prezident Jo Baydenga maktub yo‘llab, Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga berishga chaqirdi.
Kongressmenlarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan xabarda Kiyevga bu mablag‘larni harbiy va gumanitar yordam sifatida ishlatishga ruxsat berish taklif qilingan.
«Har bir dollar mojaro natijasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ushbu muhim daqiqada sizni [Baydenni] Ukrainaning shoshilinch harbiy va gumanitar ehtiyojlarini qondirish uchun AQSh sanksiyalari ostida muzlatib qo‘yilgan Rossiya Markaziy bankining milliardlab dollarlik aktivlarini berishda o‘z vakolatingizdan foydalanishga chaqiramiz. <…> bunday harakatlar uchun kuchli huquqiy asos bor. Xalqaro hamjamiyatga kim bosqinchi ekani va bu noqonuniy urush xarajatlarini kim ko‘tarishi kerakligi aniq – bu Rossiya», deyiladi matnda.
Amerikalik qonunchilar ta’kidlaganidek, Rossiya aktivlarining Kiyevga berilishi hozirgi vaziyatda to‘g‘ri qadam bo‘lar edi. Ular, shuningdek, Ukrainaning budjetga bo‘lgan ehtiyoji oyiga 5 milliard dollarga baholanayotganini va tiklanish 10 yil ichida 411 milliard dollarga tushishini qo‘shimcha qilishdi.
Qayd qilinishicha, tarixda bunday holatlar avval ham bo‘lgan. Jumladan, prezident Jorj Bush terrorizm qurbonlariga kompensatsiya to‘lash uchun Iroq hukumatining muzlatilgan mablag‘laridan 1,7 milliard dollarni bergan.
Murojaatni kongressmenlar Lloyd Doggett, Barbara Li, Stiv Koen, Mayk Kuigli, kenja Donald Peyn, Erik Suolvell, Norma Torres, Kevin Mallin va Eleanor Holms Norton ham imzolagan.
Bayden ma’muriyati hozircha bu taklifga munosabat bildirmadi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026