Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyani g‘alla bitimiga to‘sqinlik qilayotganlikda aybladi
Rossiya may oyida uzaytirilgan Qora dengiz g‘alla tashabbusi doirasidagi majburiyatlarini bajarmayapti, deya ma’lum qildi AQSh Davlat departamenti.
23 may, seshanba kuni Davlat departamenti vakili Mettyu Millerning ma’lum qilishicha, AQSh Rossiya “g‘alla kelishuvi” bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayapti, degan fikrda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina g‘allasini uchta portdan to‘siqsiz eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga qaramay, Rossiya ulardan biriga kemalarni kiritishdan bosh tortmoqda. “Bu uning Qora dengiz g‘alla tashabbusi doirasidagi majburiyatlarini ochiqdan ochiq buzishidir”, dedi Miller.
"Rossiyaning bu tashabbusga doimiy qarshilik ko‘rsatishi va undan chiqish tahdidi jahonda oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi, butun dunyo bo‘ylab zaif qatlamlar uchun oziq-ovqat mavjudligini kamaytirish bilan xavf solmoqda. Biz Rossiyani yana bir bor global oziq-ovqat zaxiralarini garovda ushlab turishni to‘xtatishga chaqiramiz", - deya Millerning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Avvalroq Ukraina Jamoalar, hududlar va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi Rossiya 29 apreldan boshlab g‘alla shartnomasiga kiritilgan uchta portdan biri bo‘lgan "Yujniy" portiga kiruvchi flotni to‘sib qo‘yganini ma’lum qilgandi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, portga ketayotgan kemalarni tekshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish tushuntirishsiz rad etilyapti.
Mavzuga oid
20:58 / 21.02.2026
Human Righs Watch O‘zbekiston hukumatini fermerlarga erkinlik berishga chaqirdi
14:46 / 02.01.2026
Paxta va g‘alla navlari yangilanadi: tezpishar serhosil navlar joriy etiladi
12:54 / 10.12.2025
Paxta va g‘alla fermerlari uchun reyting joriy etiladi
12:49 / 10.12.2025