Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus va ikkita yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 3 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 26 may kuni soat 14:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli - Cho‘ponota ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashina, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomashina hamda 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan KINGLONG rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:09 / 16.02.2026
Toshkentda bir oyda avtobusda chiptasiz yurgan 11,5 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
15:06 / 14.02.2026
Toshkentda qanday qilib yo‘lkirada pul tejash mumkin?
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17:45 / 30.01.2026