Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi urush Rossiyaning sobiq SSSR davlatlaridagi mavqeyini zaiflashtirdi - Gallup
Ukrainadagi urush Rossiya Federatsiyasining sobiq SSSR mamlakatlaridagi mavqeyini zaiflashtirgani ma’lum qilindi.
Ukrainaga qurolli bostirib kirish barcha possovet mamlakatlarida Rossiyaning pozitsiyasi va unga munosabatini keskin yomonlashtirdi. Sobiq SSSRning aksariyat respublikalarida - Kreml o‘z manfaatlari va alohida ta’siri zonasi deb hisoblaydigan makonda Rossiya rahbariyatining harakatlarini ma’qullash o‘n foizdan ko‘proqqa kamaydi, deb xabar berdi Re: Russia ekspert guruhi juma, 26 may kuni, Gallup sotsiologik instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanib.
So‘rov natijalariga ko‘ra, Rossiyaning Ozarboyjondagi reytingi 2,6 barobarga pasaygan. Moskvaning harakatlarini u yerda hozir respondentlarning atigi 23 foizi ma’qullaydi. Tarixan Kremlga xayrixoh bo‘lgan boshqa mamlakatlarda - Armaniston, Qozog‘iston, Moldovada birinchi marta Rossiyaning harakatlarini ma’qullamaganlar nisbati ma’qullaganlar nisbatidan oshdi.
Qirg‘izistonda hamon Rossiyaga xayrixohlar ko‘proq, lekin u yerda ham Rossiya rasmiylarining roziligi sezilarli darajada kamaydi.
Ukrainaga qarshi urush tufayli Rossiya hukumati qo‘shni davlatlardagi rus diasporasi xayrixohligini yo‘qotmoqda. Gallup so‘rovida 15 yil ichida ilk bor etnik ruslarning aksariyati Rossiyaning Estoniya va Latviyadagi xatti-harakatlarini ma’qullamaganliklarini bildirishgan, Qozog‘istonda esa Rossiya Federatsiyasiga nisbatan salbiy munosabat keskin kuchaygan.
Shu bilan birga, Ukraina va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida AQSh rahbariyatining obro‘si oshdi. Ko‘pgina possovet mamlakatlarida u allaqachon Rossiyadagidan yuqori, deya darak beradi Gallup so‘rovi natijalari.
Mavzuga oid
08:27 / 04.06.2026
Eron bilan urush Kongressda ham bahslarga sabab bo‘lmoqda
16:56 / 03.06.2026
Saxalin oroli va Tinch okeani flotidan ayrilgan Rossiya – Rus-yapon urushi tarixi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
10:18 / 28.03.2026