Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO aviamashg‘ulotlari: Germaniyada parvozlar kechiktirilishi kutilmoqda
Germaniya hukumati, Bundesver va aviakompaniyalar 12-23 iyun kunlari NATOning Air Defender 23 o‘quv mashg‘ulotlari tufayli parvozlarni bekor qilishga tayyorlanmoqda.
Germaniya hukumati, Bundesver va aviakompaniyalar 12-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Air Defender 23 mashg‘ulotlari davomida Germaniya havo hududida tartibsizliklar va yo‘lovchi aviaqatnovlari to‘xtatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka umid qilmoqda. 26 may, juma kuni Berlinda Germaniya aviatsiya xavfsizligi agentligi rahbari Arndt Shyoneman shunday dedi: “Hozirda reyslarni bekor qilish rejalashtirilmagan. Ammo biz kechikishlar yuz berishi mumkinligini inkor eta olmaymiz”.
Federal transport vazirligining ta’kidlashicha, ikki haftalik muddat ichida ruxsat etilgan uchish va qo‘nish vaqtlarini rejalashtirishda yanada moslashuvchan bo‘lish uchun federal hududlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Shu tariqa, idora dastlab buning uchun mo‘ljallanmagan aeroportlarga reyslarni yo‘naltirishdan saqlanmoqchi, deb yozadi Reuters.
Air Defender 23 mashg‘ulotlari davomida 25 mamlakat butun Yevropa bo‘ylab birgalikda havo operatsiyalarini ishlab chiqishi kerak. 220 ta samolyotdagi manyovrlarning 10 000 nafargacha ishtirokchisi (shundan 100 tasi - AQShdan) Germaniya harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi ostida mashq qiladi. Mashq Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasiga muvofiq yordam ssenariysi asosida o‘tkaziladi.
Air Defender 23 paytida asosiy markazlar Xon (Shlezvig-Golshteyn yeri), Vunstorf (Quyi Saksoniya) va Lexfeldda (Bavariya) joylashgan. Mashqlar asosan Germaniya havo hududida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026
NATO to‘rt davlat qiyofasida yangi raqibni ko‘rmoqdami?
18:32 / 09.07.2026