Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ochiq budjet»ga beriladigan mablag‘ 3 karra oshirilib, 24 trillion so‘mga yetkaziladi - Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekistonda hokimlar kengash oldida, xalq oldida hisobdor bo‘lgan tizim joriy etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mol-mulk va yer soliqlari mahallada qolishi hisobiga, mahalla budjetida yiliga 3 trillion so‘m mablag‘ paydo bo‘ladi.
Kelgusi yilda «Ochiq budjet»ga beriladigan mablag‘ 3 karra oshirilib, 24 trillion so‘mga yetkaziladi. Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi.
«Biz ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi, fuqarolarning axborot olish, foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini qat’iy kafolatlaymiz.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada qo‘llab-quvvatlab, ular uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Bizning maqsadimiz aniq va o‘zgarmasdir – demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lini milliy taraqqiyotga erishishning yagona to‘g‘ri yo‘li deb hisoblaymiz», dedi u.
Mavzuga oid
12:10 / 29.09.2025
Chexiya parlament saylovlari oldidan aralashuvdan xavotirda
11:59 / 29.09.2025
Moldova parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi
10:04 / 29.09.2025
Moldova parlamentiga saylovlarda hukmron partiya yetakchilik qilmoqda
18:17 / 25.09.2025