Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rosaviatsiya» Moskvadagi aeroportlar odatiy rejimda ishlayotganini ma’lum qildi
«Rosaviatsiya» Moskvadagi turar joy binolariga dronlarning hujumi haqidagi ma’lumotlar fonida Moskva va Moskva viloyatidagi aeroportlar odatiy rejimda ishlayotganini e’lon qildi. Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy «maxsus xususiyatlarsiz» ishlamoqda, deyiladi ma’lumotda. Aeroportlar odatiy rejimda ishlayotgani ularning vakillari tomonidan ham tasdiqlandi.
Moskva va Moskva viloyati aeroportlari odatiy rejimda ishlamoqda, deb xabar berdi RIA «Novosti»ga «Rosaviatsiya» matbuot xizmati. Aeroport xizmatlari va aviadispetcherlar «hech qanday maxsus xususiyatlarsiz» ishlarni amalga oshirmoqda, deya ta’kidladi idora Moskvadagi bir nechta turar joy binolariga dronlar hujumini izohlar ekan.
Rossiya poytaxtidagi Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlari normal rejimda ishlayapti, deb tasdiqladi havo bandargohlari vakillari.
30 may kuni ertalab Moskva meri Sergey Sobyanin dronlar hujumi oqibatida poytaxt janubi-g‘arbidagi bir necha turar joy binolariga biroz zarar yetganini aytdi. Moskvada yashovchilarning hech biri jiddiy jarohat olmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, ularni kasalxonaga yotqizish zarurati yo‘q.
Shu kuni Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobev Moskvaga yaqinlashayotganda bir nechta uchuvchisiz uchish apparatlari urib tushirilgani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva viloyatining ayrim tumanlari aholisi portlash tovushlarini eshitgan. «Bu bizning havo mudofaa tizimimiz», deb tushuntirdi Vorobev.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
13:08 / 13.05.2026