Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev iyun oyi boshida Qirg‘izistonga tashrif buyurishi mumkin
Qirg‘iziston 2 iyun kuni Cho‘lpon-Otada Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammiti o‘tkazilishini e’lon qildi. Unda Yevropa kengashi rahbari, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston prezidentlari hamda Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari ishtirok etishi kutilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida 2 iyun kuni prezident Sadir Japarov raisligida «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati.
Qirg‘iziston tomonining xabar berishicha, sammitda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon va Turkmaniston vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Nurmuhammet Amannepesov ishtirok etadi.
Ikki mintaqa o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-humanitar hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilinadi, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi.
Bundan tashqari, prezident Sadir Japarov delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining avvalgi, birinchi sammiti 2022 yil 27 oktyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev global va mintaqaviy vaziyat Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi integratsiyani yanada faolroq qo‘llab-quvvatlashini talab qilishini ta’kidladi. Shuningdek, u ushbu format doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha strategik dastur ishlab chiqishni taklif qildi.
Mavzuga oid
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
23:08 / 03.01.2026