Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berdi.
Bugun, 30 may kuni soat 13:59 da Toshkent viloyati Toshkent tumani «Abdurahmonov» MFYda joylashgan bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:24 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:47 da o‘rab olingan va soat 15:15 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 3 ta xonadonning taxminan 450 kvadrat metr maydonda tom va ichki jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.