O‘zbekiston | 10:37 / 31.05.2023
34607
2 daqiqa o‘qiladi

O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar borligi ma’lum qilindi

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15 iyuldan 5 avgustgacha qabul qilinadi. Bu boradagi tartib o‘tgan yili qat’iylashtirilgan.

Foto: Kun.uz

O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar borligi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ta'lim nazorati kanali tegishli axborot bilan chiqdi.

Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15 iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

  • talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
  • davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar «super-kontrakt» bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar «perevod»chilar uchun amal qilmaydi.

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15 iyuldan 5 avgustgacha qabul qilinadi.

Mavzuga oid