Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Rossiyaning beshta bosh konsulligidan to‘rttasini yopyapti
Rossiyadagi nemis davlat xizmatchilariga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarga javoban Germaniyadagi to‘rtta Rossiya bosh konsulligi yopiladi. Shunday qilib, GFR Berlinda elchixona va bitta bosh konsullikni qoldiradi.
Foto: Getty Images
Rossiyadagi nemis davlat xizmatchilari uchun cheklovlar tufayli Rossiyaning Germaniyadagi beshta bosh konsulligidan to‘rttasi joriy yilning 31 dekabrigacha yopilishi kerak. 31 may, chorshanba kuni Berlinda Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Rossiya tomoniga bu qaror haqida rasman ma’lum qildi.
Shunday qilib, Germaniyada faqat Rossiyaning Berlindagi elchixonasi va bitta bosh konsullik faoliyatini davom ettiradi. Qaysi diplomatik vakolatxonalar yopilishi haqida xabar berilmagan. Bundan tashqari, Germaniyadagi rossiyalik amaldorlar soni ham qisqartiriladi, deb xabar beradi DW'ning Berlindagi muxbiri.
Hozirgi vaqtda Germaniyada Rossiyaning Berlindagi elchixonasi konsullik bo‘limiga qo‘shimcha ravishda beshta Rossiya bosh konsulliklari mavjud: Bonn, Hamburg, Frankfurt-Mayn, Myunxen va Leypsigda.
Germaniya Moskvaning 350 nafar nemis davlat xizmatchisidan iborat bo‘lgan limitni joriy etishiga tegishli choralar bilan javob beradi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025