Jahon | 08:36 / 01.06.2023
10835
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyevga yangi yordam paketida AQSh Avenger va Stinger'ni yetkazib beradi

Vashingtonning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlari Patriot majmualaridan samarali foydalanmoqda. Pentagon arsenalidan Kiyevga 39-harbiy yordam paketi, xususan, Avenger va Stinger havo mudofaa tizimlari, Patriot va HIMARS uchun o‘q-dorilarni o‘z ichiga olgan.

Avenger / Foto: US Army

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi doirasida Kiyevga Patriot zenit-raketa tizimlari va HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari, shuningdek, havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun o‘q-dorilar beradi. Bu haqda 31 may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini “juda samarali” joylashtirgan. Ularga va HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlariga qo‘shimcha o‘q-dorilardan tashqari, yangi paketga Avenger va Stinger havo mudofaa tizimlari, artilleriya snaryadlari va tankka qarshi qurollar uchun o‘q-dorilar kiradi. Kiyevga qancha qurol yetkazilishiga Kirbi aniqlik kiritmadi.

Gap Ukrainaga 39-yordam paketi haqida ketmoqda, buning uchun qurollar AQSh Mudofaa vazirligi zaxiralaridan olinadi. Aprel oyi oxiriga kelib, AQShning Ukrainaga umumiy harbiy yordami taxminan 36 milliard dollarni tashkil etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid