Ijtimoiy himoya milliy agentligi rejalari va vazifalari belgilandi
Agentlik kam ta’minlangan oilalarga hamda mehnatga layoqatsiz aholiga nafaqalar va moddiy yordam beradi. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda mehnat faxriylari uchun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etadi va h.k.
O‘zbekistonda aholiga kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini joriy qilish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.
Agentlikning asosiy vazifalaridan biri og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan aholi bilan manzilli ishlashni tashkil qilishdan iborat bo‘lib, aholining 31 ta toifasiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etadi.
Agentlik faoliyati 3 ta bosqichda shakllanishi ko‘zda tutilgan.
1-bosqich. Agentlik tomonidan aholiga quyidagi asosiy ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatiladi:
- kam ta’minlangan oilalarga hamda mehnatga layoqatsiz aholiga nafaqalar va moddiy yordamlar berish;
- keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda mehnat faxriylari uchun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
- aholini protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishini ta’minlash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish;
- og‘ir ijtimoiy oilalar bilan ishlash;
- ruhiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish;
- tazyiq va voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish;
- yetim va chin yetimlar bilan manzilli ishlash;
- ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlarini ko‘rsatish.
2-bosqich. Agentlikning 2023 yilgi rejasi va asosiy vazifalari.
Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini yagona yondashuv asosida isloh qilish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yil yakuniga qadar qo‘yidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan.
Birinchidan, professional xizmat ko‘rsatish tashkil qilinadi. Xususan: mahallalarda aholining ijtimoiy muammolarini mahalla darajasida hal etish uchun professional xizmat ko‘rsatish tashkil etiladi.
Bunda,
- sayyor-mobil guruhlar faoliyati (psixologik, huquqiy va ijtimoiy xodimlar) tizimi joriy etiladi;
- davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish standartlari hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlari ishlab chiqiladi;
- og‘ir hayotiy vaziyatda bo‘lgan aholi yoki og‘ir vaziyatga tushishi mumkin bo‘lgan toifa vakillarini aniqlash metodikasi ishlab chiqiladi;
- ehtiyojmand aholiga manzilli homiylik mexanizmlarini joriy etish takliflari ishlab chiqiladi;
- metsenatlik tizimini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy xujjatlar ishlab chiqiladi;
- tazyiqqa uchraganlarni reabilitatsiya qilish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi;
- tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha oilalar bilan manzilli ishlash dasturlari ishlab chiqiladi;
- zamonaviy protez-ortopediya vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi;
- ijtimoiy xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band bo‘lgan oila a’zolariga ko‘maklashish bo‘yicha ijtimoiy himoya mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Ikkinchidan, Agentlik tizimiga o‘tkazilgan 300 dan ortiq tashkilotlar faoliyati va yo‘nalishlari to‘liq o‘rganib chiqiladi.
Bunda:
- “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida reabilitatsiya tizimi vasiylikka olingan shaxslarni reabilitatsiya qilishga qaratilgan holda faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi;
- oilaviy bolalar uylari faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi;
va bolalarning ijtimoiy holatini doimiy monitoring qilish tizimi joriy etiladi. Bunda, oilaviy bolalar uylarini tashkil etishdan oldin oilalar to‘liq o‘rgatiladi, ularda ko‘nikmalar hosil qilish bo‘yicha choralar ko‘riladi;
- nogironlikni belgilash tizimini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi;
- bolalar uylari faoliyati to‘liq o‘rganiladi va qayta ko‘rib chiqiladi;
vasiylikka va homiylikka olish tizimi takomillashtiriladi. Ochiq va shaffof tizim joriy etiladi;
Uchinchidan, Toshkent shahrida nogironlikning ijtimoiy modeliga o‘tish bo‘yicha loyiha ishlab chiqiladi;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash tizimi qayta ko‘rib chiqiladi.
- Tuman va mahallalarda ijtimoiy xizmatlar va yordam markazlari tashkil qilinadi;
- Kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar standartlari ishlab chiqiladi;
- Nogironlarni reabilitatsiya qilish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi;
- Bolalar nogironligi bo‘yicha alohida o‘rganishlar tashkil etiladi;
- Tutingan oilalarga beriladigan bolalar va tutingan ota-onalikka nomzod oilalarni o‘rganish, ularni tayyorlash (o‘qitish) va monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
3-bosqich. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada e’lon qilingan “ijtimoiy davlat” tamoyillarini inobatga olgan holda, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash, aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida prezident farmoniga muvofiq:
- Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, uning hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etiladi.
Agentlik “mahalla-tuman-viloyat–respublika” tamoyili asosida ishni tashkil qilib, 9 mln dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi.
Bunda:
a) mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan:
- ehtiyojmand aholini “xonadonbay” aniqlaydi;
- aholidan ijtimoiy xizmatlar va yordam uchun (davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlari doirasida 170 dan ortiq xizmatlar va yordamlarni qamrab olgan holda) buyurtmalarni qabul qiladi;
Bunda, aholidan qabul qilingan buyurtmalar va ijtimoiy xizmat uchun arizalar planshet orqali Yagona ijtimoiy himoya platformasiga kiritib boriladi hamda ijrosi nazorat qilinadi;
- barcha oilalarni monitoring qiladi, shu jumladan yetim bolalar, og‘ir ahvoldagi oilalar, tazyiqli oilalar;
- barcha ehtiyojmand oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlari o‘rganiladi va ularning ijtimoiy pasportlari shakllantiriladi.
b) tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan:
- “ijtimoiy xodim”lardan qabul qilingan buyurtmalar bo‘yicha ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qiladi;
- tazyiqqa uchraganlarga boshpana va huquqiy-ruhiy yordam berish ishlarini amalga oshiradi;
- vasiylikka olingan bolalar bilan ishlash tizimini yo‘lga qo‘yadi;
- og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga sog‘lomlashtirish, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatishni tashkil qiladi.
Mazkur sohada yagona davlat siyosatini yuritishga, quyi bo‘g‘in faoliyatini tashkil qilishga va nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan Ijtimoiy himoya milliy agentligining markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tashkil etiladi.
Mavzuga oid
10:00 / 12.11.2024
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi teledastur ishga tushirildi
17:32 / 26.10.2024
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlari uchun bir martalik kompensatsiya beriladi
17:57 / 12.10.2024
Ayollar uchun xavfsiz boshpana – reabilitatsiya markazlari qanday ishlaydi?
21:01 / 23.09.2024