Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev o‘qqa tutilishi oqibatida ona va qizi halok bo‘ldi - ular bombapanohga tushmoqchi edi, ammo u yerni ochishmadi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 463-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini yana bir bor Kiyevni o‘qqa tutdi. Shahar harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, ikki ayol va to‘qqiz yoshli bir qiz halok bo‘lgan.
- Ukraina qurolli kuchlari Baxmut yo‘nalishida «vaqtincha sukunat» yuzaga kelgani haqida ma’lum qildi. Ukraina quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyning izohlashicha, bu «Vagner» XHK yollanma jangchilari Baxmutdan olib chiqilgani bilan bog‘liq.
- RF mudofaa vazirligi Belgorod oblastiga «bostirib kirishga urinish barbod qilingani» haqida xabar qildi. Vazirlik versiyasiga ko‘ra, Belgorod oblastining chegaradagi hududlarida janglar bo‘lib o‘tgan, natijada 50 dan ortiq «ukrain terrorchilari» o‘ldirilgan.
- Belgorod shahrida portlash ro‘y berdi. Region gubernatori Vyacheslav Gladkovga ko‘ra, yo‘lga dron qulagan, ikki kishi jabrlangan.
- Belgorod oblasti rasmiylariga ko‘ra, Shebekino shahri intensivlik bilan o‘qqa tutildi: shaharda yotoqxona binosi yonib ketgan, uning yonidagi mahalliy ma’muriyat binosi ham shikastlangan.
- RF Tergov qo‘mitasi jurnalist Roman Popkovni «voyenkor» Vladlen Tatarskiy halok bo‘lgan «teraktni tashkillashtirish» bo‘yicha sirtdan aybladi.
- AQSh mudofaa vazirligi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Starlink terminallarini Ukrainaga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
- Financial Times nashri aniqlashicha, Yevrokomissiya Ukrainaga «o‘nlab milliard yevro» miqdorida yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi to‘rt yillik moliyaviy yordam rejasini ishlab chiqishga kirishdi.
Kiyevga raketa va dronlar bilan hujumlar davom etmoqda
Rossiyalik harbiylar butun may oyi davomida Kiyevni o‘qqa tutishdi — iyun oyida ham havodan hujumlar davom etdi. 1 iyunga o‘tar kechasi ikki ayol, shuningdek, ulardan birining to‘qqiz yoshli qizi halok bo‘ldi: Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoning ma’lum qilishicha, ular o‘z vaqtida bombapanohgohga tusha olishmagan. «Urush davrida bombapanohlarning yopiq turishi — bu shunchaki loqaydlik emas. Bu jinoyat, — degan Klimenko. — Boshpana uzzukun ochiq turishi kerak. Bu inson hayoti masalasi. Mubolag‘asiz».
Halok bo‘lgan ayollardan birining turmush o‘rtog‘i «Suspilne» nashriga aytib berishicha, havo trevogasi e’lon qilingach, odamlar bombapanoh joylashgan poliklinika eshigini uzoq vaqt davomida taqillatib turishgan, ammo «hech kim ochmagan». Kiyevlikning aytishicha, raketalar uchib kelgan vaqtda u binoning boshqa tomoniga o‘tib, eshikni ochishi mumkin bo‘lgan odamlarni qidirayotgandi. Kiyev rasmiylari hodisa uchun javobgarlikni rayon rahbari va poliklinika direktori zimmasiga yukladi — va tergov harakatlari boshlandi.
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Sergei Chuzavkov / AFP / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / Getty Images
Mykola Tymchenko / Reuters / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Vladimir Shtanko / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Shebekino shahri o‘qqa tutilishi
Shebekino — Belgorod oblastining Ukrainaning Xarkiv oblasti bilan chegaradan besh kilometr masofada joylashgan shahri. 1 iyun kunidan Shebekino va uning atrofi muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, bu hujum uchun javobgarlikni «Rossiyaga ozodlik» legioni va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» o‘z zimmasiga olgan. Region gubernatori Vyacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, otishmalar oqibatida ikki ayol halok bo‘lib, 12 kishi yaralangan.
Tinimsiz zarbalar tufayli Shebekino shahar okrugi va chegaradagi qishloqlardan aholini evakuatsiya qilish boshlandi: bir kun ichida bu hududlardan 2,5 ming kishi olib chiqilgan — ayni vaqtda ular Belgorod oblasti shimolidagi vaqtincha joylashtirish punktlarida bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026
Ukraina dronlari yana Moskvaga hujum qildi
10:45 / 16.06.2026