Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Starlink bilan Ukrainaga sun’iy yo‘ldosh aloqa xizmatlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi
Pentagon Ukraina uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa terminallarini sotib oladi. Shartnoma AQSh Mudofaa vazirligi va Ilon Mask o‘rtasidagi qiyin munosabatlarga qaramay imzolangan. Milliarder avvalroq Pentagon xarajatlarni o‘z zimmasiga olmasa, Starlink kompaniyasining Ukraina uchun qilgan ishlariga haq to‘lashni to‘xtatish bilan tahdid qilgan, biroq keyinroq o‘z so‘zlaridan qaytgandi.
Pentagon Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Ukraina uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi terminallarini sotib olish va ulardan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb yozadi Forbes departament bayonotiga tayanib.
Sun’iy yo‘ldosh aloqalari «Ukraina aloqa tarmog‘ining muhim elementidir», deya ta’kidlab o‘tdi Pentagon. Idora shartnoma miqdori va boshqa tafsilotlarni oshkor etmadi, buni xavfsizlik sabablari bilan tushuntirdi.
Pentagon, idora va Mask o‘rtasidagi keskin munosabatlarga qaramay, Starlink’ni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb yozadi nashrlar. O‘tgan yilning oktyabr oyida milliarder SpaceX endi Ukrainadagi Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i faoliyatini moliyalashtira olmasligini aytgan va Pentagondan xarajatlarni o‘z zimmasiga olishni so‘ragan edi. Keyinchalik Mask o‘z so‘zlarini qaytarib oldi. «Starlink pul yo‘qotayotgan bir paytda, boshqa kompaniyalar soliq to‘lovchilardan milliardlab dollar olishmoqda, ammo biz Ukraina hukumatini faqat tekin moliyalashtirishda davom etamiz», — deb yozdi u Twitter’da.
O‘sha oyda Mask Rossiya Ukrainadagi Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimini «o‘ldirishga» faol urinayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshli internet hozirda frontda ishlashda davom etayotgan yagona aloqa tizimidir. Jangovar hududlardagi optik tolali kabellar, telefon liniyalari, uyali aloqa minoralari va boshqa obektlar vayron qilingan. Milliarderning ta’kidlashicha, Starlink Ukraina armiyasi uchun front chizig‘idagi asosiy aloqa vositasidir.
Mavzuga oid
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
08:17 / 01.06.2026
Mask: AQSh armiyasi Starlinkʼni kamikadze dronlarda qo‘llagan
12:00 / 25.05.2026
Qirg‘izistonda Starlink interneti ishga tushdi
11:58 / 25.05.2026