Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar uchun Tourist-friendly ixtiyoriy sertifikati joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Tourist-friendly ixtiyoriy sertifikatlashtirishni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaga muvofiq respublikaning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatga kelgan turistlarga tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 24 soat davomida xizmat ko‘rsatishni, ularning vaqtini maroqli o‘tkazishi uchun sertifikat olish nazarda tutilmoqda.
Qaror loyihasining asosiy maqsadi Tourist-friendly ixtiyoriy sertifikatini olgan holda tadbirkorlik sub’yektlarini 24 soat davomida faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida, turistlarning sutkaning istalgan vaqtida xizmatlardan foydalanish imkoniyatini berish hisoblanadi.
Loyihaga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ixtiyoriy sertifikat olish tartiblari belgilanmoqda. Bunda tashkilot, iste’molchilar talablariga javob beradigan turizm xizmatlarini yetkazib berishda o‘z imkoniyatini namoyish qilishda ehtiyoj sezganda, shuningdek turizm xizmatlari, jumladan mehmondo‘stlik muhitini yaratgan holda tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash xizmati iste’molchilarini qoniqtirishga harakat qiladi.
Mavzuga oid
15:20 / 14.03.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlashdan ixtiyoriy tarzda o‘tishi mumkin
22:24 / 01.03.2026
O‘qituvchilarning amaldagi sertifikatlari muddati tugamagunicha malaka toifasi tushirilmaydi – vazirlik
12:38 / 13.02.2026
Toshkentda sertifikatsiz dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
12:25 / 11.02.2026