Turkiya Kosovoga tinchlikparvar kuchlarini yuboradi

Foto: AP
NATO so‘roviga ko‘ra turk tinchlikparvar kuchlari 4 va 5 iyun kunlari Kosovoga yuboriladi, deb xabar qildi Anqaradagi Mudofaa vazirligi. Kosovo shimolidagi tartibsizliklar chog‘ida o‘nlab serblar va KFOR tinchlikparvar kuchlari vakillari yaralangan.
Turkiya NATOning KFOR xalqaro tinchlikparvar kontingentiga qo‘shilish haqidagi tegishli iltimosini qondirgan holda Kosovoga tinchlikparvar qo‘shinlarini yuboradi. Kosovo shimolidagi tartibsizliklar munosabati bilan tinchlikparvar kuchlar 4 va 5 iyun kunlari yuboriladi, bu haqda 3 iyun, shanba kuni Anqaradagi Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Idora mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan inqirozni bartaraf etish uchun vazmin va konstruktiv muloqotga chaqirdi.
29 may kuni Kosovoning Zvechan shahrida namoyishchilar KFOR kuchlari bilan to‘qnashgan. Tartibsizliklarda kamida 50 nafar namoyishchi va KFOR’ning 41 nafar xodimi jarohatlangan. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi Zvechandagi «hayratlanarli zo‘ravonlik»ni keskin qoralashi haqida ma’lum qildi. «Yevropa Ittifoqi Kosovo hukumati va namoyishchilarni vaziyatni zudlik bilan va so‘zsiz yumshatishga chaqiradi. Biz tomonlardan mas’uliyat bilan harakat qilishlarini va muloqot orqali zudlik bilan siyosiy yechim topishlarini kutamiz», deb yozadi Borrel.
Shunga qaramay, Kosovo shimolida serb namoyishchilarining noroziliklari davom etdi. Namoyishchilar Kosovo xavfsizlik kuchlarini mintaqadan olib chiqib ketishni va etnik alban aholiga mansub merlarni ishdan bo‘shatishni talab qilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

15:43 / 25.03.2025
Turkiyada Erdo‘g‘an erasi va Imomo‘g‘li omili – siyosatshunoslar nigohida

09:34 / 25.03.2025
Turkiyadagi namoyishlar: 1100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

20:30 / 24.03.2025
«Ular Erdo‘g‘anga „yetar“ deyishdi». Turkiyada Imomo‘g‘li qo‘lga olinishi ortidan nimalar bo‘lmoqda?

09:31 / 24.03.2025