O‘zbekiston | 15:45 / 04.06.2023
9704
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 5 iyun kuni havo harorati yana ko‘tariladi

O‘zbekistonda yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?

«O‘zgidromet» 5 iyun, dushanba kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+22 daraja, kunduzi +35...+37 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +36...+41 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda. Harorat kechasi +20...+25 daraja, cho‘l hududlarda +28 darajagacha, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid