Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniyada NATOning bu yilgi eng yirik mashqlari boshlandi
NATOning bu yilgi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarida 50 ta kema, 45 ta samolyot va 6000 dan ortiq askar ishtirok etadi.
4 iyun, yakshanba kuni, NATO harbiy-dengiz kuchlarining Twitter’dagi sahifasiga ko‘ra, Estoniyada NATOning Boltiq dengizidagi bu yilgi eng yirik harbiy-dengiz mashqlari Baltops 23 boshlandi.
Mashg‘ulotlarda NATOning 19 davlati va Shvetsiya ishtirok etadi, 50 ta kema, 45 ta samolyot va olti mingdan ortiq harbiy xizmatchi jalb etiladi. AQSh Oltinchi flotining flagmani - USS Mount Whitney (LCC 20) manyovrlarda qatnashadigan eng katta kema bo‘ladi. Kemalar Tallinga keladi, birinchi qo‘shma manyovrlar 5 iyunda boshlanadi. Mashqlar 16 iyunga qadar davom etadi.
“Bu yilgi Baltops biz uchun tarixiy voqeadir, chunki Estoniya hududida hech qachon NATO harbiy-dengiz kuchlarining bir vaqtning o‘zida bunchalik katta ishtiroki bo‘lmagan”, — dedi Estoniya harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Yuri Saska. Baltops mashqlari 1972 yildan beri har yili o‘tkaziladi. Ularning maqsadi Boltiq dengizi mintaqasida quruqlik, havo va dengiz amaliyotlari davomida NATO kuchlarini sinovdan o‘tkazishdir.
NATOning navbatdagi keng ko‘lamli mashg‘ulotlari Germaniyada 12-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Air Defender-23 havo o‘quv mashg‘ulotlarida alyansning 25 nafar a’zosi qatnashadi, 10 mingdan ortiq kishi va 220 samolyot jalb etiladi. Mashg‘ulotlar NATO tarixidagi eng yirik havo kuchlari mashqlari bo‘ladi. Mashq modeli Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasiga muvofiq yordam ssenariysi asosida yaratilgan.
Mavzuga oid
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026
NATO to‘rt davlat qiyofasida yangi raqibni ko‘rmoqdami?
18:32 / 09.07.2026