Jahon | 09:05 / 07.06.2023
5993
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya KGESdagi vayronagarchilik tufayli Ukrainaga yordam taklif qildi

Fransiya Ukrainaga Kaxovka GES to‘g‘onining vayron bo‘lishi oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishga tayyor. Tegishli taklif Fransiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan. 

Foto: Scanpix

Parij hodisaning Ukrainaning jabrlangan aholisi uchun humanitar va ekologik ta’siridan, shuningdek, Zaporijjya atom elektr stansiyasi xavfsizligiga oqibatlaridan chuqur xavotirda. 

KGES to‘g‘onining vayron bo‘lishi tajovuzning qayg‘uli oqibatlarini yana bir bor ko‘rsatib turibdi, deya ta’kidladi Fransiya Tashqi ishlar vazirligi.

Kaxovka GES vayron bo‘lganidan keyin bug‘doy fyucherslari 3 foizdan ortiq oshdi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu jahon bozorida g‘alla narxi ko‘tarilishining boshlanishiga bog‘liq bo‘lishi va vaziyat «dahshatli oqibatlar va katta xavf» bilan kuchayishi mumkin.

6 iyunga o‘tar kechasi Kaxovka GESning to‘g‘oni buzildi. Voqea sodir bo‘lgan hududda suv sathi 10 metrga ko‘tarilgan, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab aholi punktlari suv bosishi xavfi ostida qolgan. Novaya Kaxovka shahrining GESdan 5 km uzoqlikda joylashgan ko‘chalari suv ostida qoldi, u yerda favqulodda holat rejimi joriy etildi. Ukraina va Rossiya rasmiylari elektr stansiyasi ta’mirlab bo‘lmas holatga kelib qolganini bildirmoqda.

Mavzuga oid