Toşkent şahar IIBB ham tergovda vafot etgan 21 yoşli yigitning qölga olinişi bilan boğliq ayrim kadrlarni taqdim qildi.
Töliq bölmagan va kesib olingan kadrlarda YPX xodimlari töxtatgan maşinada Hafizullohning çöntagidan jigar rangli modda topilgani aks etgan. Şuningdek, u Çilonzor tumani IIO FMBga olib borilgani aytilgan Hafizullohning davlat advokati bilan qisqa muddatli suhbati ham mavjud. Şundan keyin Hafizulloh videoda biror marotaba körsatilmagan.
Poytaxt IIBB taqdim qilgan videoning qolgan qismida IIV Kun.uz’ga tergov siri, deya körsatişni xohlamagan voqea joylari körsatilgan. Lekin “töliq tafsilot”da boşqa tafsilotlar va asosiy savollarga javobni körmaysiz.
Bundan taşqari, Boş prokuratura yigit özini taşlagan, deya aytilayotgan videoyozuvlarni taqdim qildi. Kuzatuv kameralarida yozib olingan kadrlarning bir çekkasida yuqoridan nimadir tuşganini köriş mumkin. Lekin bu inson tanasimi yoki boşqa jismmi, aniqlaşning imkoni yöq.
Prokuratura ayni vaqtda holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangani hamda IIV xodimlarining harakatlariga baho beriş maqsadida xizmat tekşiruvi ötkazilayotganini ma’lum qildi.
Boş prokuratura va IIV tomonidan taqdim qilingan videolar jamoatçilikda savollarni yanada köpaytirib yubordi. Kun.uz uşbu video va bayonotlarning özidagi qarama-qarşiliklar, şuningdek voqeaning boşqa tafsilotlari aks etgan tahlilni yaqin kunlarda taqdim qiladi.

















