22 may kuni Toşkentda içki işlar xodimlari surxondaryolik yigitni töxtatgan va yonidan topilgan giyohvand modda tufayli uni Çilonzor tuman IIBga olib borgan. Rasmiylarga köra, IIB binosida söroq qilinayotgan 21 yoşli Hafizulloh Turğunov söroq paytida hojatxonaga borişni söragan va qoçmoqçi bölib, 4-qavatdan özini taşlab yuborgan. Şundan söng Uçtepa tumani tez yordam bölimiga olib borilgan yigit öşa yerda bir hafta komada yotgan hamda 29 may kuni erta tongda öziga kelmasdan vafot etgan.
Içki işlar vazirligining rasmiy bayonot ölaroq taqdim qilingan bu versiyaga marhumning yaqinlari, xususan Hafizullohning nogiron otasi şubha bildirmoqda.
“Öğling 4-qavatdan özini taşladi, degan xabarni eşitib özimni yöqotib qöydim. Keyin bir haftalarda öğling öldi, kelib olib ket, deyişdi. Keyin Toşkentga keldim, kasalxonaga borsam öğlimning yuzi kökarib ketgan, tanasining boşqa joylariga heç narsa bölmagan. Doktor ham oyoq-qöli sinmagan, heç narsa bölmagan, dedi. Şunga şubham bor, öğlim baquvvat va yoş edi, qamoqdan qörqadigan bola emasdi. Mening bittagina öğlimni urib öldirişgan deb öylayman…

IIB binosi oynalarida panjaralar böladi, u siğmaydi-ku. Agar taşlagan bölsa, kameralar böladi – taşlaganini körsatişsin yoki barmoq izlarini körsatişsin. Toşkent şahar prokuraturasiga borib ariza yozdim, videoni tergov siri, deya körsata olmasligini aytişdi.

Özim işga layoqatsizman, öğlim Toşkentga işlaş uçun kelgandi. Qurilişda va boşqa işlarda işlab yurgandi. Yomon yölga kirgan bölsa, balki şundaydir bilmayman. Lekin yomonligi uçun öldirib qöyiş kerakmas-ku, ularning ham bolalari bordir”, — deydi marhumning otasi Erkin Xolboyev.
Holat yuzasidan dastlab rasmiylar izoh bermadi va işni prokuratura örganayotganini aytiş bilan çeklandi. Kun.uz saytida uşbu xabar e’lon qilingaç Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov rasmiy



















