Qonun loyihasiga köra, 2023 yilda konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 310,6 trln söm, xarajatlar esa 343,2 trln sömni taşkil etişi möljallanmoqda. Taqçillik çegarasi – 32,5 trln söm yoki YaIMga nisbatan 3 foiz.

2023 yil uçun Özbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalaşgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2024−2025 yillarga budjet möljallari

2023 yilda olinadigan davlat taşqi qarzining çeklangan miqdori – 4,5 mlrd dollar. Şundan 2 milliardi davlat budjetini qöllab-quvvatlaşga, 2,5 milliardi investitsiya loyihalariga yönaltiriladi. Özbekiston Respublikasi nomidan 17 trln sömlik davlat qimmatli qoğozlari çiqarilişi közda tutilmoqda.

2023 yilda yalpi içki mahsulot 1 trilliard sömdan oşişi (1 068 trln söm) kutilmoqda. YaIM ösişi 2022 yilda 5,7 foiz, 2023 yilda 5,3 foiz, 2024 yilda 5,6 foiz, 2025 yilda 6 foiz bölişi prognoz qilinmoqda.

Hujjatga köra, uzoq yillar içida birinçi marta 2023 yilda inflatsiya ikki raqamli körsatkiçdan pastga tuşib, 9,5 foiz bölişi möljal qilinmoqda.

2023, 2024 va 2025 yillarga asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar prognozi. Hukumat 2024 inflatsiya ikki barobar pasayib, 5-6 foiz bölişini möljal qilyapti.

Birinçi darajali budjet taqsimlovçilar (vazirlik va idoralar) soni – 64 ta (2022 yilda 58 ta edi). 2023 yilda ular:

  • özlarining joriy xarajatlarini qayta taqsimlaş va mablağlarni bir davlat dasturidan boşqasiga qayta taqsimlaş vakolatiga ega böladi;
  • respublika budjetidan ajratiladigan mablağlardan foydalaniş holati böyiça Qonunçilik palatasida hisobot berib borişi kerak böladi.