Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rimda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 8 iyun kuni Italiya prezidentining qarorgohi – Rim shahridagi Kvirinal saroyida rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul hamda otliq gvardiya askarlari saf tortdi. Kvirinal saroyining minorasida Italiya, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi bayroqlari ko‘tarildi.

Davlat rahbarini Italiya prezidenti Serjo Mattarella kutib oldi. Harbiy orkestr ikki mamlakat milliy madhiyalarini ijro etdi. Faxriy qorovul boshlig‘i davlatimiz rahbariga raport berdi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng davlat rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvi boshlandi.






Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026