Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
May oyida 12 mingdan ortiq xorijliklarga O‘zbekistonga kirish vizasi berilgan – TIV
O‘tgan oydagi faoliyat yuzasidan hisobot bergan Tashqi ishlar vazirligi ayrim raqamlarni ochiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan oyda qiyin vaziyatlarda 63 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan, 30 nafar fuqaro xorijdagi vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqilgan hamda ish beruvchilar tomonidan olib qo‘yilgan 57 pasport egalariga qaytarilgan.

Foto: cyclinghoboz.files.wordpress.com
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov vazirlikning 2023 yil may oyidagi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, may oyida O‘zbekistonga yuqori darajadagi delegatsiyalarning 22 ta, davlat tashkilotlari vakillari delegatsiyalarining 31 ta tashrifi amalga oshirildi. Yuqori darajadagi O‘zbekiston delegatsiyalarining 11 ta xorijiy mamlakatga 34 ta tashrifi ishlab chiqildi, mahalliy delegatsiyalar 12 ta xorij davlatiga 28 ta xizmat safariga yuborildi.
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning ekspertlari darajasidagi delegatsiyalarining esa O‘zbekistonga 7 ta tashrifi amalga oshirildi.
TIV rahbari Baxtiyor Saidov xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, chet davlatlardagi hamkasblari bilan 14 ta uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili hamda vazir o‘rinbosarlari tomonidan 35 ta uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilgan.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston may oyida 70 ta yangi xalqaro bitim imzolagan hamda 6 ta xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur davlat ichki protseduralari bajarilgan.
Vazirlik konsullik-huquqiy faoliyati bo‘yicha ham may oyiga doir raqamlarni keltirib o‘tgan, xususan:
- 12 536 nafar O‘zbekiston fuqarosiga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi;
- 482 nafar fuqarolarni chet elda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashildi;
- chet elda moddiy jihatdan murakkab vaziyatda qolgan 122 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi;
- xorijda qiyin vaziyatlarda: odam savdosi qurboni bo‘lgan, yoki ishsiz, boquvchisiz qolganlar va boshqa murakkab ahvoldagi 63 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi;
- 30 nafar fuqaro vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqildi;
- pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 57 fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi hujjati qaytarib olib berildi.
Shuningdek, 12 590 nafar chet el fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizalari berilgan bo‘lib, shundan 8 888 tasi elektron tarzda rasmiylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 09:22
-
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:04
-
Hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 09:01
-
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ekologik texnologiya asosida molibdenni qayta ishlamoqda
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

19:46 / 07.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin

22:37 / 29.06.2025
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi

23:12 / 24.06.2025
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi

20:12 / 23.06.2025