Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiya Rossiya elchixonasi xodimlari sonini keskin qisqartirishga qaror qildi
Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasi xodimlarini 60 foizdan ortiq qisqartirishga qaror qildi. Elchixona xodimlaridan qaysi biri mamlakatni tark etishini Rossiya tomonining o‘zi belgilashi kerak.
Foto: TASS
Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi 8 iyun, payshanba kuni Rossiyaning mamlakatdagi elchixonasi xodimlarini 30 kun ichida 51 ta – 21 diplomatik va 30 ta ma’muriy-texnik lavozimga qisqartirishni talab qildi. 40 kishi mamlakatni tark etishi kerak - 11 diplomat va 29 ma’muriy xodim. Farq Rossiya elchixonasidagi barcha lavozimlar hozirda band emasligi bilan bog‘liq. Umuman olganda, Rossiyaning Ruminiyadagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari 61 foizga qisqartirilishi kerak.
Buxarest o‘z qarorini Rossiya Federatsiyasining Ruminiyadagi vakillik darajasini Ruminiyaning Rossiyadagi vakillik darajasiga mos darajaga keltirish istagi bilan izohladi. Elchixona xodimlaridan qaysi biri Ruminiyani tark etishini Rossiya tomonining o‘zi belgilashi kerak.
Ruminiya TIV elchixona xodimlarini qisqartirish to‘g‘risidagi qaror Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumidan so‘ng keskin yomonlashgan “ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi darajasi”ni ko‘rsatishini ta’kidladi.
Ayni paytda, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi “Rossiya tegishli javob beradi”, deb ma’lum qildi.
Mavzuga oid
18:37 / 15.01.2026
O‘zbekistonlik yuk tashuvchilar uchun Polsha chegarasida alohida yo‘lak ochish rejalashtirilmoqda
09:30 / 13.01.2026
Mayya Sandu Moldovaning Ruminiyaga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor
09:42 / 29.11.2025
Ruminiya mudofaa vaziri rezyumesidagi yolg‘on ma’lumotlar sabab ishdan ketdi
12:49 / 13.11.2025