Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya sudi Navalniy ismini «taqiqlangan tashkilot ramzi» deb tan oldi
Uning nomi yozilgan varaqni namoyish etgan kishi sud tomonidan jazolandi.
Foto: Telegram / ovdinfolive
Rossiyaning Qozon shahri sudi «Free Navalny, free country, free people» (Navalniyga ozodlik, mamlakatga ozodlik, xalqqa ozodlik) deb yozilgan varaq bilan piket o‘tkazgan erkakni «taqiqlangan belgilarni namoyish qilgani» uchun jarimaga tortdi. Uning turmush o‘rtog‘i piketni suratga olgani uchun jazolandi.
Qayd qilinishicha, erkak 4 iyun kuni hibsga olingan. Sud uni «taqiqlangan tashkilot belgilarini namoyish qilgani» uchun 2 ming rubl (290 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortgan.
Shuningdek, er-xotin oldindan kelishilmagan aksiyani o‘tkazishda aybdor deb topilgan. Er 28 soatlik majburiy mehnatga, xotini esa 20 ming rubl (2,9 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.
Aleksey Navalniy – rossiyalik siyosatchi, muxolifatchi, «Korrupsiyaga qarshi kurash fondi» asoschisi hozirda ko‘p yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. Uning fondi Rossiya sudi tomonidan ekstremistik tashkilot deb topilgan, biroq ismi-sharifi bunday sanksiyaga duchor bo‘lmagan edi.
Mavzuga oid
15:49 / 17.12.2025
Yevropa sudi Navalniy va FBKga nisbatan ta’qibni siyosiy deb topdi
22:54 / 27.11.2025
Navalniy asos solgan FBK Rossiyada «terrorchi tashkilot» deb tan olindi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025