Rossiya rahbariyati muxolifatçi Aleksey Navalniyni zaharlaş haqida aytilgan ayblovlarni “qat’iy rad etadi”. Bu haqda duşanba kuni, 16 fevralda Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Kreml bu ayblovlarni “ğarazli va heç qanday asosga ega emas” deb hisoblaydi.
Avvalroq RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Navalniy biomateriallari tahlili natijalari haqidagi bayonotlarni “axborotbozlik” deb atab, bu göyo “ğarbning dolzarb muammolaridan e’tiborni çalğitiş” uçun qilinganini aytgan.
Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Şvetsiya hukumatlari xulosasiga köra, Navalniy “katta ehtimol bilan” epibatidin bilan zaharlaniş oqibatida vafot etgan. Bu zahar Ekvadorda yaşaydigan daraxtbaqa terisidan olinadi. Uşbu davlatlar laboratoriyalari siyosatçi biomateriallarida uşbu zahar izlarini aniqlagan. Beş davlat TIVning qöşma bayonoti 14 fevral kuni Britaniya taşqi siyosat idorasi tomonidan e’lon qilingan.
Qayd etilişiça, daraxtbaqa Janubiy Amerikada yaşaydi, Rossiyada uçramaydi va asirlikda epibatidin işlab çiqarmaydi. Buyuk Britaniya TIVda esa “Navalniy Rossiyadagi Sibir jazoni ijro etiş koloniyasida qamoqda bölgan paytda unga qarşi uşbu ölimli toksindan foydalaniş uçun vosita, sabab va imkoniyatga faqat Rossiya davlati ega bölgan”i aytilgan. “Biz uning ölimi uçun Rossiya davlatini javobgar deb hisoblaymiz”, — deyiladi Londonning alohida bayonotida.
Beş davlat taşqi işlar vazirlari 14 fevral kuni Kimyoviy qurollarni taqiqlaş taşkiloti boş direktoriga Rossiya tomoni Kimyoviy qurollar haqidagi konvensiyani buzgani haqida ma’lumot taqdim etilganini ham bildirgan.
Yuliya Navalnaya 14 fevral kuni eri koloniyada vafot etganidan söng bu qotillik ekani ma’lum bölganini, ammo endi “bu sözlar ilmiy jihatdan isbotlangan faktga aylanganini” aytdi. Muxolifatçi siyosatçi bevasi bir kun kelib aybdorlar “sudda javob berişiga” umid qilişini bildirdi.
Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful muxolifatçining qamoqda zaharlanişi Moskva “özining xunuk qiyofasini körsatgani”ni anglatişini va “qarşi tomonda tinçlik, özaro tuşuniş va insoniylikni qadrlaydigan halol hamkor bor, deb öylaydiganlar buni bilişi kerak”ligini ta’kidladi.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio beş Yevropa davlatining Navalniy zaharlangani haqidagi bayonotini “taşvişli” deb atadi. Yozuvçi va publitsist Enn Epplbaum esa: “Menimça, bu Rossiya oddiy davlat emasligini tuşunişni yanada mustahkamlaşi kerak. Bu öz duşmanlarini öldiradigan jinoiy davlat”, — dedi.

















