Halok bölgan rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniyning safdoşlari 9 mart, duşanba kuni Navalniy jasadining yorilişi natijalari haqidagi hujjatning bir qismini e’lon qildi. Bu tekşiruvni 2024 yilda Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligining sud-tibbiy ekspertiza markazi ötkazgan edi. Korrupsiyaga qarşi kuraş jamğarmasining (FBK) xalqaro rahbari Mariya Pevçix bu qarorni “qator OAV” uşbu materiallarni “sensatsion e’lon” sifatida tarqatiş niyati bilan izohladi. Qaysi OAV bunday e’lonni rejalaştirayotganiga u aniqlik kiritmadi.
Pevçixning sözlariga köra, bu hujjat FBK ixtiyorida bir yarim yildan beri mavjud bölib, “jumladan, xorijlik olimlar tomonidan ham örganilgan”.
“Men u ertami-keçmi ‘sizib çiqişi’ mumkinligini tuşunardim, ammo oçiğini aytsam, jurnalistlardan kimdir uni e’lon qilişga jur’at etadi, degan fikrni hatto xayolimga ham keltiriş qiyin edi. Uning mazmuni heç qanday, hatto eng minimal axloqiy me’yorlarga ham töğri kelmaydi”, — deb yozdi Mariya Pevçix.
Uning tuşuntirişiça, Rossiya sud-tibbiy ekspertlarining “steril va tozalangan” xulosasini e’lon qiliş heç qanday jamoatçilik ahamiyatiga ega emas. Uşbu materiallarni oçiq tarzda joylaştirişni rejalaştirayotgan jurnalistlar faqat bitta maqsadni közlamoqda — “öldirilgan siyosatçining har bir içki a’zosi qanday körinişini aks ettirgan suratlar va batafsil tavsiflar orqali köproq odam yiğiş”, bu esa “tasavvur etiş mumkin bölgan axloq va odob çegarasidan taşqarida”, deb hisoblaydi Pevçix.
“Şuning uçun Alekseyning oilasi roziligi bilan quyida biz hujjat mazmunini, ötkazilgan tadqiqotlarning töliq röyxatini, şuningdek sud-kimyoviy ekspertiza xulosalarini e’lon qilmoqdamiz”, — dedi u.
Grafik ilovalar bilan birga butun hujjat 289 betni taşkil etadi. FBK undan birinçi sahifalarni, ötkazilgan tadqiqotlar röyxatini, umumiy xulosalarni va ekspertiza yakuniy xulosasini e’lon qildi.
Xulosada aytilişiça, Navalniy organizmida atropin, şuningdek repellent sifatida işlatiladigan dietiltoluamid aniqlangan. Rossiya sud-tibbiy ekspertlari uning ölimiga sabab sifatida “qöşma kasallik: qon tomir va a’zolar şikastlanişi bilan keçgan gipertoniya kasalligi, diffuz miokardioskleroz, buning oqibatida boş miya şişi, yurak qorinçalari fibrillyatsiyasi va öpka şişi rivojlangan” degan xulosaga kelgan.
“Bu xulosa haqiqatga ham, Navalniy zaharlangan degan xulosaga kelgan xorijiy laboratoriyalar tadqiqotlari natijalariga ham mos kelmaydi. Sud-tibbiy ekspertiza tadqiqotni kerakli natijaga — Navalniy göyo öz ajali bilan ölgan, degan xulosaga — moslaştirib yozilganiga oçiq-oydin işora qiluvçi belgilarga ega”, — deb xulosa qildi Pevçix.

















