Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil yo‘llarini saqlashga xususiy sektor jalb qilinadi
Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilishga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinib, bu orqali ichki yo‘llarni saqlash uchun texnikalarni xarid qilish va ma’muriy xarajatlarga budjetdan mablag‘ sarflanmaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida ma’lum qildi.
Bu loyiha Qoraqalpog‘istondan boshlanishi aytildi.
“Davlat xususiy sektorga faqat yo‘llar ekspluatatsiyasi uchun pul beradi, qolgan barcha ishlarni tadbirkorlarning o‘zlari qiladi. Bu loyihani Qoraqalpog‘istondan boshlaymiz va dastlabki bosqichda 30 kilometr yo‘l autsorsingga beriladi.
Bu – 305 milliard so‘mlik aktiv, degani. Bunda, xususiy sektorga yo‘lni saqlash xarajatlari uchun hozirgi 1,5 milliard so‘m o‘rniga 6 milliard so‘m beriladi. Shu tariqa, ushbu yo‘lning “umri” 2 barobar uzayadi va ta’mirlash uchun hozir sarflanayotgan 30 milliard so‘m iqtisod bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvda.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda:
- mahalla va ovullarda 6 ming kilometr yo‘llar hamda 150 ta ko‘prik ta’mirlanadi;
- 5 ming kilometr elektr tarmog‘i, 1 ming 350 ta transformator va 10 ta podstansiya yangilanadi;
- 70 ming xonadonga ega 2 mingta ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshiriladi;
- barcha ijtimoiy va davlat idoralari hamda 17 ming xonadonda 55 mega vatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
20:33 / 10.04.2026
So‘xni Farg‘ona bilan bog‘laydigan eng qisqa yo‘nalishda yangi yo‘l quriladi
09:50 / 23.03.2026
«Malika» bozori yaqinida harakatni qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda
12:21 / 18.03.2026