Jahon | 16:57 / 12.06.2023
14443
4 daqiqa o‘qiladi

Ukrainlar yurishidan ilk kadrlar va suvsizlangan suv ombori. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 473-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ko‘ngillilar ma’lum qilishicha, Rossiya suv bosgan Golaya Pristan shahrini karantinga yopgan.
  • Rossiyalik harbiylar Xerson oblastida tinch aholi Dniproning RF kuchlari nazoratidagi so‘l sohilidan evakuatsiya bo‘layotgan qayiqlarni o‘qqa tutdi. Uch kishi halok bo‘lib, 20 dan ortiq kishi yaralangan.
  • Ukrain harbiylari Donetsk oblastining Blahodatne va Makarovka qishloqlari ozod etilgani haqida xabar berdi. Shuningdek, Ukraina qurolli kuchlari Zaporijjya oblastida Lobkove qishlog‘ini ham egallagani aytilmoqda.
  • Shoygu Ukrainadagi frontda bo‘lgan barcha ko‘ngilli otryadlar 1 iyulga qadar Mudofaa vazirligi bilan shartnomalar tuzishi kerak bo‘lgan buyruqni imzoladi. Prigojin «Vagner» XHK bunday qilmasligini ma’lum qildi.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Rossiya Baxmutni egallashda har 48 santimetr uchun bir askarni qurbon qilgani haqida xabar berdi.
  • BMT Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi oqibatida 700 mingga yaqin kishi ichimlik suv ta’minotidan mahrum bo‘lgani haqida ma’lum qildi.
  • Pskov oblastida mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashuvchi otryadlar tuzilishi e’lon qilindi. Ular favqulodda vaziyatlar ro‘y berganida kuchishlatar tuzilmalarga yordam berishi ko‘zda tutilgan.

Ukrainlarning Zaporijjya oblastidagi yurishi 

G‘arb yetkazib bergan zirhli transportyorlarda Zaporijjya oblastidagi qarshi hujumni boshlayotgan ukrain harbiylari. Ukraina qurolli kuchlari Zaporijjya va Donetsk oblastlari chegarasida bir qancha aholi yashash punktlarini ozod etdi, ammo ko‘plab texnikalaridan ayrildi.
Nicolas Cleuet / Le Pictorium Agency / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi yurishda qatnashayotgan ayrim brigadalar faqat g‘arb yetkazib bergan zirhli texnikalar va artilleriya tizimlari bilan qurollangan.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Hujumda yozgi yurish uchun maxsus shakllantirilgan brigadalar qatnashmoqda. Ularning katta qismi NATO mamlakatlarida tayyorgarlikdan o‘tgan.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Suvi kamayib ketgan Kaxovka suv ombori

Daryoning quyi oqimida joylashgan hududlar Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi oqibatida suv ostida qolgan bo‘lsa, to‘g‘ondan yuqoriroqda joylashgan Kaxovka suv ombori tezlik bilan qurib bormoqda. Suratda Zaporijjya yaqinidagi suv omborining ochilib qolgan tubida qachonlardir cho‘kib ketgan barja yuzaga chiqib qolgani aks etgan.
Vladyslav Smilianets / Reuters / Scanpix / LETA

Suv bosgan Xerson 

Suv ostida qolgan Korabel orolida aholi yashash rayonlari ham joylashgan. Xabarlarga ko‘ra, suv Kaxovka GES to‘g‘oni buzilganidan bir hafta o‘tgach chekina boshlaydi.
AP / Scanpix / LETA
Xersondagi mikrorayonda pod’yezdlar eshiklarining tutqich qismigacha suv bosgan
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ko‘ngillilar Xersonning suv toshqinidan jabrlangan aholisiga yegulik tarqatmoqda
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi oqibatida jabrlanganlar uchun yig‘ilgan kiyimlar, Xersondagi insonparvarlik yordamlarini tarqatish markazi.
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid