Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Belarus rahbariyatiga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Belarus hukumatining ayrim a’zolari va boshqalarga nisbatan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy saytida xabar berildi.
Foto: BeLTA
Ilgari kiritilgan cheklovlar 2023 yilning 16 iyunida tugaydi.
Bayden tomonidan imzolangan xabarnomada aytilishicha, Belarus hukumatining ayrim a’zolari va boshqalarning xatti-harakatlari va siyosati, "shuningdek, Belarus rejimining zararli faoliyati va uzoq vaqtdan beri davom etayotgan suiiste’molliklari AQSh milliy xavfsizligi va tashqi siyosati g‘ayrioddiy va favqulodda xavf tug‘dirmoqda”.
Ushbu bildirishnoma Federal reyestrda e’lon qilinadi va Kongressga yuboriladi.
Mart oyida AQSh Moliya vazirligi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan foydalanilgan Boeing 737 samolyotiga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi.
Mavzuga oid
12:37 / 20.02.2026
Belarusda siyosiy mahbuslar Statkevich va Levaya ozod qilindi
09:55 / 20.02.2026
Paralimpiada: Italiya - rossiyaliklar va belaruslarni kiritishga qarshi
09:02 / 20.02.2026
Belarus “Tinchlik kengashi” yig‘ilishi uchun vizani ololmadi
15:56 / 02.02.2026