Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Xiva “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev xorazmliklarni keyingi yetti yilda yo‘l, uy-joy qurilish va suv infratuzilmasi holatini yaxshilash bo‘yicha saylov oldi dasturi bandlari bilan tanishtirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 2025 yildan Toshkent-Xiva “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun Buxoro – Urganch – Xiva temiryo‘li 365 million dollar investitsiya hisobiga elektrlashtiriladi. Kelgusi yetti yilda Xorazmda turizm uchun, yo‘l, elektr va suv infratuzilmasiga 200 million dollar sarflanadi.
Xorazm aholisining zamonaviy uy-joyga o‘sib borayotgan talabini qondirish maqsadida, 50 ming xonadonga ega 2 mingta ko‘p qavatli uylar barpo etiladi. 2030 yilga qadar Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari, Gurlan, Tuproqqal’a, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa va Yangiariq tumanlaridagi 1 million aholi suv ta’minoti yaxshilanadi. Bunga 100 million dollar yo‘naltiriladi.
Shuningdek, Pitnakdagi avtomobil zavodi quvvatlari kelgusi yilning o‘zida hozirgi 90 ming donadan 150 mingga yetkazilib, shu yerning o‘zida yangi avto va elektromobillar ishlab chiqarish uchun 30 ta korxonadan iborat mashinasozlik klasteri tashkil etiladi va import bo‘layotgan 100 xil turdagi butlovchi qismlar mahalliylashtiriladi.
Ushbu klasterlarda 2030 yilga kelib, yiliga 2 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026