Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning 6 tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent shahridagi 6 ta tumanning ayrim hududlarida ta’mirlash ishlari sababli elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish maqsadida bugun, 13 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
Yashnobod tumanining: Yangilik, Muruvvat ko‘chalari, Asalobod hamda «Tuzel» 2-mavzelari, Darxon, Ilg‘or shox, Ilg‘or 2-berk, Mirishkor ko‘chalarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
Sergeli tumanining: «So‘g‘diyona», «No‘g‘ayqo‘rg‘on» hamda «Belariq» MFYlarining qisman hududlarida soat 13:00 gacha;
Mirobod tumanining: Shahrisabz ko‘chasidagi 38 ko‘p qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;
Chilonzor tumanining: Dilxush, Go‘zal hamda Qizil sharq ko‘chalari hududida soat 18:00 gacha;
Yakkasaroy tumanining: A. Qahhor, 15-31, 4-, 5-tor, Humo, Damariq 1-, 2-tor, Glinka ko‘chalarining ayrim hududlarida hamda Kichik halqa yo‘li, «Qushbegi» dahasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha;
Yunusobod tumanining: Kulol qo‘rg‘on ko‘chasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirilgan.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026