Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmning 9 ta shahar va tumanidagi 1 mln aholi suv ta’minoti yaxshilanadi – Shavkat Mirziyoyev
2030 yilga qadar Xorazmning 9 ta shahar va tumanidagi 1 million aholi suv ta’minoti yaxshilanadi. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Aholining zamonaviy uy-joyga o‘sib borayotgan talabini qondirish maqsadida, 50 ming xonadonga ega 2 mingta ko‘p qavatli uylar barpo etiladi. Shu bilan birga, 2030 yilga qadar Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari, Gurlan, Tuproqqal’a, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa va Yangiariq tumanlaridagi 1 million aholi suv ta’minoti yaxshilanadi. Bunga 100 million dollar yo‘naltiriladi”, - deb ta’kidladi prezidentlikka nomzod.
Bildirilishicha, 2030 yilga qadar maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov hozirgi 79 foizdan 100 foizga yetkaziladi. Shu maqsadda, qariyb 2 trillion so‘m mablag‘ hisobiga 500 ga yaqin yangi bog‘chalar tashkil etiladi.
Kelgusi yetti yilda zamonaviy maktablar barpo etish, mavjudlarining quvvatini oshirish hisobiga qo‘shimcha 90 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Natijada, viloyatda o‘quvchisi 30 nafardan ko‘p bo‘lgan sinflar qolmaydi, deb ta’kidladi nomzod (hozirda 2 mingdan ziyod sinfda 35 ta va undan ko‘p bola o‘qiydi).
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026