Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: NATO voris tanlash bilan bog‘liq muammolar tufayli bosh kotib vakolatini uzaytirmoqchi
Foto: Reuters
NATO yetakchilari Yyens Stoltenbergning bosh kotiblik muddatini uzaytirish tarafdori bo‘lib, o‘rinbosar tanlash borasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Nashr manbalarining qayd etishicha, Stoltenbergdan bu lavozimga NATOning barcha a’zolarini qoniqtiradigan nomzodni topishdagi qiyinchiliklar tufayli 2024 yilgacha bosh kotib bo‘lib qolish so‘ralishi mumkin. Biroq, bu «qisqa muddatli murosa» bo‘lishi ta’kidlangan.
«Stoltenberg ajoyib bosh kotib bo‘ldi va men hozir qayiqni silkitishdan ma’no ko‘rmayapman», dedi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan NATO davlatlaridan birining tashqi ishlar vaziri.
Diplomatlarning fikriga ko‘ra, Stoltenberg bunga rozi bo‘ladi, chunki u «vazifaga mas’uliyat bilan qaraydigan odam» va bu «davomiylik uchun mantiqiy bo‘lardi».
Amaldagi bosh kotib vakolatini uzaytirish taklifi Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen va Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesning nomzodlari bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanmaganidan keyin yangragan.
Stoltenbergning NATO bosh kotibi sifatidagi vakolati 2023 yil oktyabr oyida tugaydi. U qariyb to‘qqiz yil davomida bosh kotib bo‘lib ishlayapti.
Mavzuga oid
14:13 / 19.02.2026
NATO Boltiqbo‘yi sohiliga desant tushirish mashqlarini o‘tkazmoqda
14:28 / 18.02.2026
Patrushev NATOni “hujumkor guruh” tuzishda aybladi
15:48 / 16.02.2026
Ryutte: Urush Rossiyani yemiryapti, poytaxt aholisi ham yaqinda buni his qiladi
09:33 / 13.02.2026