Jahon | 13:07 / 14.06.2023
5047
2 daqiqa o‘qiladi

Guardian: Ukrainaga Vilnyusdagi sammitda NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha aniq reja taqdim etilmaydi

Litvada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida Ukrainaga Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish bo‘yicha aniq reja taklif etilmaydi. Buning o‘rniga Kiyev NATOga «qisqaroq yo‘l» bo‘yicha va’da oladi, deb yozadi The Guardian. 

Foto: AP

Xususan, NATOning ba’zi a’zolari, «lekin NATO rasmiy tuzilmalaridan tashqarida» Kiyevga «Ukrainani Rossiya hujumlaridan himoya qilish bo‘yicha keng qamrovli majburiyatlar shaklini olishi» mumkin bo‘lgan xavfsizlik kafolatini taklif qiladi. Shuningdek, NATO a’zolari o‘q-dorilarni yetkazib berishni davom ettirishga va Ukraina qurolli kuchlarining NATOga yaqinlashishiga yordam berishga va’da qilishi kutilmoqda. 

Bundan tashqari, Ukrainaga «a’zolik arizasi rejasi»da ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilmaslik va’da qilinishi mumkin, buning o‘rniga u taklifnoma kelib tushganidan so‘ng deyarli avtomatik a’zolikni oladi. 

Nashrning qayd etishicha, bunday taklif Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning «hafsalasini pir qiladi», u avvalroq NATOning Vilnyusdagi sammitida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini olishini kutayotganini aytgan edi. 

Gazetaning yozishicha, g‘arb a’zolik masalasidagi qarorlar tufayli «Ukraina g‘azablanishi mumkinligini» kutmoqda. «Ukrainaning avtomatik ravishda NATO maqomini olishi uchun bajarishi kerak bo‘lgan sana yoki aniq shartlarning yo‘qligi 2008 yilda NATOning Buxarestdagi sammitida berilgan a’zolik va’dasi takrorlanyapti, degan ayblovlarga olib keladi», deyiladi maqolada.

Mavzuga oid