Erdo‘g‘an 8 soat mobaynida vazirlar mahkamasi yig‘ilishida vazirlar hisobotini eshitdi
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligida Turkiya vazirlar mahkamasi yig‘ilishi sakkiz yarim soatdan ortiq davom etdi. Yig‘ilish TRT telekanali tomonidan jonli efirda namoyish etildi.
Televideniye orqali xalqqa murojaat qilgan Erdo‘g‘an uchrashuvning bunday davom etishini barcha vazirlik rahbarlari kelajakdagi harakatlar bo‘yicha dastur ishlab chiqqani bilan izohladi. Yig‘ilishda xorijiy tashrif bilan mamlakatni tark etgan tashqi ishlar vaziri qatnashmadi.
Turkiya prezidenti yangi konstitutsiyani qabul qilishni yangi ma’muriyatning ichki siyosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb hisoblaydi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, yangi konstitutsiya turk jamiyatining barcha qatlamlarini birlashtiradi.
Erdo‘g‘an Turkiyaning mintaqadagi va umuman xalqaro maydondagi siyosati faollashishini aytdi. U Anqaraning xalqaro miqyosda tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasini qo‘llab-quvvatlashini davom ettirayotganini ta’kidladi. Erdo‘g‘an kiprlik turklarni “birodarlar” deb atadi va Turkiya ham o‘zining, ham ularning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.
Mavzuga oid
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
18:09 / 05.11.2024
Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
09:50 / 04.11.2024
Turkiya TIV rahbari: Ukraina yaxlitligi tinchlikning shartidir
10:30 / 02.11.2024