Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşdi. Bu haqda u öz Telegram kanalida ma’lum qildi.
Saidov Turkiya prezidenti tomonidan qabul qilinganini bildirib, uçraşuv davomida Şavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazganini qayd etdi.
“Rahbarlarimiz örtasida örnatilgan şakllangan birodarlik riştalari har bir sohada yaqin hamkorlik qiliş uçun eng mustahkam poydevor yaratmoqda”, deb yozdi u.

Baxtiyor Saidov şuningdek, Turkiya taşqi işlar vaziri Hakan Fidan hamda Ozarboyjon taşqi işlar vaziri Jyeyhun Bayramov bilan ham bilan uçraşuvlar ötkazgan. Özaro muloqotlar davomida tomonlar Yaqin Şarqdagi vaziyat va uning mintaqaviy oqibatlari yuzasidan fikr almaşgan.
Özbekiston taşqi işlar vaziri Istanbulda Turkiy davlatlar taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişida iştirok etdi.
Yiğilişda mintaqaviy va global xavfsizlikka ortib borayotgan tahdidlar hamda turkiy davlatlar örtasida birdamlik va muvofiqlaştirişni mustahkamlaşning muhimligi muhokama qilingan.
Özbekiston Taşkilot doirasida amaliy hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, barqarorlik va özaro boğliqlikni mustahkamlaş hamda izçil rivojlanişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşini bildirgan.












