Jahon | 10:48 / 15.06.2023
9921
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada parallel import orqali olib kelingan xorijiy avtomobillar arzonlashdi

Foto: dongchedi.com

Joriy yilning iyun oyida rossiyalik yirik avtodilerlar parallel import sxemasi bo‘yicha import qilinadigan ayrim avtomobillar narxini pasaytirdi, deb xabar beradi Autonews. 

Ma’lum qilinishicha, Moskva dilerlik markazlarida Hyundai, Volkswagen, Suzuki va Toyota modellari arzonlashgan. Ta’kidlanishicha, avtomobillar narxi har oy o‘zgarib turadi, rubl kursining o‘zgarishi esa xorijiy avtomobillar narxiga ta’sir qiladi. 

Shu tariqa, Moskva dilerlaridan birida Luxury Edition konfiguratsiyasida Xitoyda yig‘ilgan Toyota Camry sedanlarining narxi 4,09 milliondan 4,29 million rublgacha turibdi. Bahorda mashina 4,59 million rublga sotilgan. 

O‘z navbatida, Luxury komplektatsiyasidagi Xitoyda yig‘ilgan Toyota Avalon sedanlari 4,35 million rublga sotilmoqda. Mart oyida ular qimmatroq edi - 4,8 million rubl. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid