Jahon | 07:54 / 15.06.2023
8593
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina elektr energiyasi importi zarurligini ma’lum qildi

Foto: AP

“Ukrenergo” rahbari Vladimir Kudritskiy Ukrainada iyul oyidan boshlab elektr ta’minotida uzilishlar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning oldini olish uchun Kiyev Yevropa davlatlaridan elektr energiyasini import qilmoqchi

Kudritskiyning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning iyul oyi va qish boshlanishidan oldingi bazaviy prognozi energiya tizimini muvozanatlash uchun importdan foydalanish kerakligini ko‘rsatadi.

Unga ko‘ra, bundan tashqari, gazdan foydalanadigan issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlarida qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish zarur. U buni "qimmatbaho narsa" deb atadi va iste’molchilarda ta’minot o‘chirilishidan ko‘ra buni qilish yaxshiroq ekanini ta’kidladi.

Avvalroq “Ukrenergo” Ukraina GESlari Nova Kaxovkadagi stansiyada to‘g‘on vayron bo‘lishi oqibatlarini kamaytirish maqsadida qisqartirilgan quvvatda ishlayotgani haqida xabar bergan edi.

6 iyunga o‘tar kechasi Xerson viloyatida Novaya Kaxovka yaqinida Kaxovka gidroelektr stansiyasining yuqori qismi vayron bo‘ldi. Xerson va Novaya Kaxovka kabi o‘nlab aholi punktlari suv ostida qoldi.

Mavzuga oid